261
White balance (Oq rang balansi).
Ushbu filtr dastlab oq rang
balansini tiklash uchun qulay va oddiy protsedura uchun ishlab
chiqilgan (bu kamera bilan olingan yozuvlar uchun foydalidir). Oq
rang balansi standart
Levels
filtri yordamida qo‘lda sozlanishi ham
mumkin, xuddi shu filtr avtomatik rejimda qilganday. Keyinchalik filtr
qo‘shimcha funksiyalar to‘plami bilan to‘ldirilib, rangini, to‘yinganlik
va yorqinligi sozlaydi (
Donald Graft
ni
Hue/Saturation/Intensity
filtridan ko‘chirilgan), tasvirning yorqinligi va kontrastini sozlash,
oddiy deinterlacega foydalanish mumkin(tavsiya etilmaydi).
XSharpen.
Ushbu filtr tasvir chegaralarini aniqlaydi. U samarali
ishlaydi, ammo natija juda tabiiy emas. Unsharp Mask undan afzalroqdir
(garchi uning tezligi ikki baravar ko‘p bo‘lsa ham XSharpen sekundiga
16 kadrni ta’minlaydi).
Yet Another Temporal Smoother (YATS).
Bu vaqtinchalik
stabilizatsiyaning yana bir filtri. U
Temporal Cleaner
ga qaraganda
ancha yaxshi ishlaydi (
Temporal Smoother
haqida gapirmasa ham
bo‘ladi). Qayta ishlangan YATS yozuvi 30% gacha samaraliroq siqiladi
(ammo raqamlashtirilgan havaskor videoni qayta ishlashda shunchalik
ko‘p filtrlardan foydalaniladiki,
YATS
dan foydalanishga joy qolmaydi).
Masalan, DeShaker, yozib olishning yetarli vaqt barqarorligini
ta’minlaydi). Standart sozlamalarda deyarli har doim ishlaydi. Uning
yagona muammosi juda past tezlikda ishlashi bo‘lib, soniyasiga 3,5
kadrni tashkil qiladi.
Ovoz.
Odatda, “katta” video muharrirlari audio treklar bilan
ishlashning ba’zi imkoniyatlariga ega. Muallif uchun ular mutlaqo
qoniqarsiz ko‘rinadi. Masalan, Ulead Media Studio‘da audio trekning
uzunligini faqat butun soniyalar soniga o‘zgartirish mumkin. Audio
trekni tahrirlash uchun ovoz muharriridan foydalanish qulaydir.
Masalan, o‘rgangan har qanday tovush muharriridan foydalanish
mumkin, ularning funksionalligi ancha yoqoridir.