• Quyidagi iqtisodiy so‘zlarni sinkveyn usulida izohlang.
  • 8-topshiriq. T il va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o`rganib, ularni Venn diagrammasi asosida solishtiring.
  • 9-topshiriq.Texnologik ta’lim soyasiga tegishli so`z va terminlarning qo`shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring. !!!!!!!!!! 10
  • Yozuvlar Qo`llanilgan davri Ahamiyati va kamchiliklari
  • Lotin 11 - topshiriq.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija




    Download 1,39 Mb.
    bet10/109
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #145749
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
    Bog'liq
    Mажмуа соҳаданики

    7-topshiriq. “Sinkveyn” texnologiyasi haqida tushuncha. Maqsad – kategoriyaga tavfsif berish

    1-qator – tushuncha - ot
    2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
    3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
    4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
    5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim



    Quyidagi iqtisodiy so‘zlarni sinkveyn usulida izohlang.


    So‘z

    1 daraja

    2 daraja

    3 daraja

    4 daraja

    5 daraja





































































































































































    8-topshiriq.Til va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o`rganib, ularni Venn diagrammasi asosida solishtiring.

    VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
    Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.




    9-topshiriq.Texnologik ta’lim soyasiga tegishli so`z va terminlarning qo`shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring.
    !!!!!!!!!!
    10-topshiriq. “Xalqimizning yozuvlari” matnini o`qing va quyida berilgan jadvalni to`ldiring.

    Yozuvlar

    Qo`llanilgan davri

    Ahamiyati va kamchiliklari

    Qadimiy turkiy yozuv







    Arab







    Kirill







    Lotin







    11-topshiriq. She’rni ifodali o’qing va yod oling.
    N.Narzullayev “Til bilan aziz”
    Bugun til bayrami – bo‘laylik xurram,
    Oliy maqomdagi tilimiz uchun!
    Tili bilan inson aziz, mukarram,
    Jonimiz baxshida elimiz uchun!
    Azaldan qadimiy o’zbekmiz, o’zmiz,
    Ahli dunyo bilar bir so’zligimiz.
    Dunyoni fatx etgan lisonmiz, so’zmiz,
    Aslo unutmaymiz biz o’zligimiz.
    Qoshg’ariy bobomiz tilida mehri,
    Navoiy qo’llagay bizni toabad.
    Onamiz allasi tilimiz sehri,
    O’zbekni yak qalam aylagan ijod!
    O’rxun xatlarida jondosh bitiklar,
    Tariximizdan so’zlab ko’xna Avesto.
    Erning qatlarida lahjalar uxlar,
    Salom ham kalom ham mangu qalbga jo!
    Sevganday Quyoshni, sevganday Oyni,
    Sevganimiz kabi yulduzlarni ham.
    Tuproqni sevganday jondek baayni,
    Havoday hamnafas bo’laylik hamdam.
    Sevganimiz kabi bir-birimizni,
    Ziyoga talpin, do’st, bag’ring kengroq och!
    Sevib elimizni, o’z tilimizni,
    Dillar-u dunyoga bo’laylik tilmoch!

    Adabiyotlar ro`yxati:

      1. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.

      2. Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. [15: 100-113]

    4. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori: «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida», «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil, 24-avgustdagi 339-sonli qarori.).
    5.O‘zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari” to‘g’risidagi Konstitutsiyaviy qonuni. - T.: O‘zbekiston, 2002.
    6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: O‘zbekiston, 2000, 528 b.
    7. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch T.: O‘zbekiston, 2006.
    8. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
    2-MAVZU. O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni.
    1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.




    Jadval 1.1.


    Muloqot maqsadlari
    Boshqalar: samarali qaror qabul qilish ushbu shaxs talab etilgan va muvofiq ma’lumot bilan ta’minlanganda boʻlishi mumkin. Samarali muloqot qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Umuman olganda, vazifalar samarali va yaroqli bajarilishi uchun tashkilotdagi har bir shaxs zarur ma’lumot bilan ta’minlanishi shart.



    • Monolog, ya’ni kontekstli nutqni tinglab tushunish oʻziga xos qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo shuni aytish kerakki, monologik muloqot suhbat vaqtida dialogik muloqotga nisbatan tinglovchiga kamroq qaratilgan boʻladi. Ekstralingvistik faktorlar bevosita muloqotdagiga qaraganda kamroq ahamiyat kasb etadi. Monolog fikrning tuzilish kengligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, dialogdan farqli ravishda aytib tugatilmagan oʻrinlar ekstra­lingvistik momentlar bilan toʻldirib ketiladi. Monologik muloqotning oqimi, odatda normal tempda boʻlishi sababli qayta soʻrab o‘tirishlarga imkon bermaydi, eshitib boʻlingan joyga qaytish uchun toʻxtalishga yoʻl qoʻymaydi. Monologik nutqni tinglab tushu­nish hamma vaqt ozmi-koʻpmi choʻziladigan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, bu esa ayrim luqmalar emas. Shuning uchun, tinglovchining eshitish xotirasi yetarli darajada rivojlangan boʻlishi talab qilinadi. Tinglab tushunishning eng murakkab turi radio yoki magnitofondan eshitiladigan monologik nutqni idrok etishdir. Bunda avvalo nutqning umuman hech kimga qaratilmaganligini aytish lozim. Tinglovchi soʻzlovchini koʻrmaydi, axborot bittagina tinglash kanali orqali keladi. Monologik nutq vaqtida tinglovchi har holda mimikani, masalan, lektor mimikasini kuzatib borishi mumkin. Yozilgan nutqni tinglab tushunishni juda ham murakkablashtiradigan ikkinchi faktor yozilgan nutqqa ta’sir koʻrsatuvchi nuqsonlar sababli paydo boʻladigan tovush kamchiliklaridir. Maxsus olib borilgan tadqiqotlarda tovush signallarini hatto, eng yuqori darajada yozib olinganda ham axborotni qabul qilish va qayta ishlashga ta’sir koʻrsatuvchi kichik nuqsonlarni yo‘q qilib boʻlmasligi isbotlangan. Apparatlarning buzuqligi tufayli paydo boʻlgan nuqsonlar aytilayotgan fikrlar mazmunini tushunmaslikni tushinish mumkin. Dialogik nutqdan faqat spektakl va radiopostanovkani tinglashda foydalanish mumkin. Shubhasiz, monologik nutqni tinglab tushunish amaliy jihatdan muhimdir, chunki, koʻpincha dialogik nutq ichiga monologik nutq elementlari kirib qoladi. Bundan tashqari, qisqa monologlarni idrok etishga doir nutq koʻnikmasining oʻzi keng tarqalgan. Tovush yozish texnikasi rivojlangan hozirgi sharoitda yozib olingan nutqni tinglab tushunishni talab sifatida qoʻyish lozim. Binobarin, yozib olingan nutqni tinglab tushunish koʻnikmasi til ustida mustaqil ishlashning eng muhim vositasidir. Shu bilan birga chet tilini oʻrganishga ajratilgan soatlar miqdori cheklangan sharoitda til materialini muayyan doirada cheklamay, oʻquvchilarning hamma yoki koʻpchilik mavzularga doir ovozli nutqning har xil turlarini eshitib tushunishini talab qilib boʻlmasligi ayondir. Hozirgi vaqtda nutqni idrok etish qiyinligini va amaliyot hajmining kamligini hisobga olib, birmuncha kichikroq talablar qoʻyish maqsadga muvofiqdir: oʻquvchilar oʻrganilgan materiallar boʻyicha turmush mavzusidagi shaxsan oʻzlariga yoki bevo­sita muloqot jarayonida auditoriyaga qaratilgan ovozli (dialog) nutqni yoki normal temp va soʻzlovchining aniq diksiyasi bilan magnit plyonkasiga yozilgan (monolog) nutqni tushuna olishlari kerak. Tinglovchilar nutqni tinglab tushunishni amalga oshirish uchun oʻzlashtirishlari lozim boʻlgan konkret koʻnikmalarni belgilashga harakat qilamiz. Bunda koʻnikmalarning ikki guruhini: ogʻzaki tushunish bilan bogʻliq koʻnikmalar va predmet hamda man­tiqiy tushunish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni koʻrsatish mum­kin. Birinchi guruhni bilish protsessni, tovush kodini tovush motor kodiga aylantirishni va tasviriy tekstlarni ogʻzaki tushu­nishni ta’minlovchi koʻnikmalar tashkil qiladi.




    Hozirgi zamon metodikasi ana shu guruhga quyidagilarni kiritadi: 1) tanish va notanish doirada oʻrganilgan leksika asosida tuzilgan nutq namunalarini bilish koʻnikmasini; 2) yangi leksik ma’no bilan toʻldirilgan nutq namunalarini bilish va tushunish koʻnikmasini; 3) kontekstga tayangan holda oʻxshash soʽzlarni, nutq namunalarini differensiallash koʻnikmasini; 4) nutq vaziyatiga tayanib kontekstdagi kam uchraydigan notanish soʻzlarni tushunish koʻnikmasini.
    Eng avvalo shuni aytish kerakki, dialog jarayonidagi idrok etish gapirish bilan uzviy bogʻlangan holda ishlab chiqiladi. Biroq, shunga ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan mashqlarni ajratish mumkin.

    Eng avvalo dialog olib borish uchun luqmaga tez javob qaytarish lozim. Dialoglarni toʻldirish mashqlari ham juda qimmatli omil hisoblanadi. Bunda bir suhbatdoshning jumlalari olinib oʻquvchilarga ularni boshqa jumlalar bilan toʻldirish tavsiya etiladi.
    Tinglab tushunish mashqlari dialog protsessida gapirishni ham shakllantirishi tufayli ikki xil vazifani bajaradi. Zotan, dialogda tinglab tushunish va gapirish bir-biriga uzviy bogʻliqdir. Monologik nutqni tinglab tushunishga doir nutq mashqlari eng avvalo, matnni tushunish bilan bajariladigan didaktik vazifaga koʻra belgilanadi. Agar, eshitilgan matn ichidan eng muhimini ajratib olish vazifasi qoʻyilsa, quyidagi vazifalar beri­lishi mumkin: ona tili yoki chet tilidagi matn mazmunini oʻz soʻzlari bilan qisqacha gapirib berish, reja tuzish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarish, audiotekst qismlariga sarlavhalar qoʻyish va hokazo. Agar, tinglab tushunish vaqtida oʻquvchilar diqqatini detallarga jalb etish vazifasi qoʻyilsa, unda matnga yaqin mazmunda soʻzlab berish, ayrim gaplarga savollar qoʻyish, gaplar tanlab olish, qahramonni, voqealar boʻlgan joyni ifodalovchi gaplarni ajratib olish foydalidir. Ammo, shu faktorni hisobga olishning oʻzi yetarli emas. Didaktik vazifaning Xarakteri yuqoridagilardan tashqari, oʻqitishning bosqichi va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab ham belgilanadi. Monologik nutqni tinglab tushunish mashqlari gapirishga dialoglardagidek yaqin boʻlmasada, yetarli darajada bogʻliqdir.
    Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud.
    Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki Xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi.
    Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir.Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi. Ichki muloqotning oʻzi 2 qismga boʻlinadi:










    Download 1,39 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




    Download 1,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija

    Download 1,39 Mb.