|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija
|
bet | 33/109 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #145749 |
Bog'liq Mажмуа соҳаданикиAjoyib va ta’sirchan ovoz.Qatnashuvchi yoqimli va maroqli tovush sifatiga ega boʻlishi kerak. U soʽzlarni to‘gʻri urgʻu va aksent bilan talaffuz qilishi kerak. Ta’sirchan ovoz boshqa qatnashuvchlarni biz nima gapirayotganimizga jalb etadi.
Talaffuz. Qatnashuvchilar ovozlarini bo‘gʻinlarni talaffuz etishda urgʻuga e’tibor bilan qanday yaroqli tartibga solishni bilishlari kerak.
Balans. Umumiy balans va nutqni yetkazishimiz bizdan sovuqqon boʻlishni talab etadi. Balans bizga kimnidir ifoda etishga yoʻl qoʻymaydi. Balans bizning e’tibor, bosiqlik, qisqa munosabat va ishonchimizni oʽz ichiga oladi.
Samarali xatti-harakatlar. Muhokamada samarali qatnashish uchun biz nutqimiz vaqtida juda ham koʻp imo-ishoralardan yoki tana harakatlaridan oʽzimizni tutib turishimiz kerak. Xatti-harakatlarimiz ziddiyat, gʻazab, toliqqanlik, vahima, shoshilish yoki ikkilanishni koʻrsatmasligi kerak.
Tinglovchi uchun malakalar:
Ijobiy yondashuv. Tinglovchi sifatida foydali muhokamani ijobiy yondashuvga ham rioya qilishimiz kerak. Biz boshqalarni samimiylik bilan tinglashimiz kerak.
E’tibor jamlangan munosabat.Idrokimiz muhokama muammosi yoki masalada boʻlishi kerak. Bu soʽzlovchining niyatini tushunishga va muayyan mavzuni osonroq tushunishga yordam beradi.
Tizimli tushunib yetish. Muhokamada samarali qatnashish uchun unda ifodalangan qarashlarni tushunib yetishimiz kerak. Biz qarashlar va fikrlarni ongli va begʻaraz sharhlashimiz kerak. Biz boshqalar nima deyayotganini tinglashimiz va muvofiq ravishda oʽz qarashlarimizni oʽzgartirishimiz kerak.
Batafsil tahlil. Qatnashuvchi sifatida biz qanday tinglashni, nimani tinglashni va to‘gʻri ma’no chiqarishni bilishimiz kerak. Biz olingan ma’lumotlarni qanday umumlashtirishni va sharhlashni bilishimiz kerak. Bu muhokamada ilgari olingan bilimlar va yangi faktlarni tinglashda to‘gʻri qiyoslanishi kerak.
|
| |