Ohang, urg`u
uslubiy mazmun ifodalashda vosita bo`ladi.
Nutq mazmuni bilan, ohangdor, mayin, musiqiy tovushlari bilan ta’sirli hamda yoqimli bo`ladi.
Fonetik vositalar. Tovushlar ma’lum qoida-tartib asosida yonma-yon keladi. - da, - va, - qa (yoki - q) kabi bo`g`inlardan (yoki tovushlardan) keyin yana shu turdagi tovushlar bilan boshlanadigan so`z keltirish nutqiy g`alizlikka sababchi bo`ladi: Ko`k qo`rig`in quchg`usi. Shundan bugun i o`tgan izsiz. Bu masala fanda ham kam tekshirilgan. (L.Abdullayev) Ahd va vafo.... Ohang, urg`u badiiy uslub vositasidir. Ohang va urg`uning o`zgarishi yangi uslubiy mazmun ifodalaydi.
Qo`shimcha, so`z birikmasi, gapning uslubiy ma’no olishi ma’lum bir ohang, urg`u yordami bilan ro`yobga chiqadi. Salimaxon keldilar jumlasida bir xil ohang Salimaxonga hurmatni, ikkinchi bir ohang kesatish, mazax qilish mazmunini ifodalashi mumkin. Tovush ohang nutqiy ravonlik, jozibadorlik, his-tuyg`u ifodalash vositasidir. Shu tufayli, fonetik vositalar badiiy, ilmiy-ommabop, rasmiy uslublarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
So`zlar o`z ma’nosi bilan betaraf bo`lsa ham
(ota, ona, suv, non, go`sht, ishonch, o`rmon, gilos va b.), kontekstda ko`chma ma’noga ega boladi.
Gulning chiroyli belgisi odamga (gul yuz), o`rin-joyga (gul bog`), biror harakatga (qo`li gul odam) ko`chiriladi, natijada gul so`zi qo‘shimcha uslubiy mazmun oladi.
|