5-topshiriq.
Rasmiy-idoraviy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog`ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi: ariza, tilxat, xat, telegramma, ishonch qog‘ozi, ma ‘lumotnoma, tavsiyanoma, qaror, tarjimayi hoi, buyruq, farmoyish, guvohnoma, e’lon, hisobot, shartnoma, aloqa xatlari ana shunday nutq uslubining ko`rinishlaridir.
Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo`ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo`llaniladi.
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog’ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo`ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so`zlar ko`chma ma’noda ishlatilmaydi.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi kabi ish yuritish qog‘ozlarida qo`llaniladi.
|