O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
 
 


77 
3.3. Past bosimli neftgazli konlarda mash‟ala yo‟ldosh gazlardan 
foydalanish 
Dunyoda uglevodorod gazlarining katta resursini neft va gaz konlaridan 
olinadigan past bosimli va mash‟ala yo„ldosh gazlari tashkil qiladi. Qazib 
olinadigan yo„ldosh gazlarning asosiy qismini uglevodorod gazlari, neftdagi 
yo„ldosh gazlar va ajratish jarayonida chiqadigan gazlar tashkil qiladi. 
Qazib olinadigan gazlarning katta hajmidan tejamkorlik bilan 
foydalanilmaydi. Gazning asosiy qismi bo„lgan qimmat kimyoviy xom-
ashyolar yoqilg„i sifatida sanoat ehtiyojida va isitish tizimida foydalaniladi. 
Bugungi kunda yo„ldosh neft gazlardan tejamkorlik bilan foydalanish 
butun jahon amaliyotida muammoli masalalardan biri bo„lib qolmoqda. 
Dunyoda har yili 170 mlrd.m
3
yo„ldosh neft gazi atmosferaga yoqib 
yuboriladi. Bunday holat qazib oladigan davlatlarning ekologiyasiga va 
iqtisodiyotiga katta zarar keltirayotganligi tabiiy holdir (3.1-jadval).
Dunyo mamlakatlari ichida Nigeriya va Rossiya davlatlarida yo„ldosh 
neft gazlarini yoqish ulushi eng ko„p hisoblanadi. Atmosferaga mash‟ala 
gazlarini yoqish hisobiga chiqindilarni chiqarilishi evaziga insonlarning 
sog„ligiga xavf to„g„dirilmoqda, zararli moddalar juda katta miqdorda 
ko„paymoqda, uning tarkibidagi zararli metallar har xil turdagi og„ir 
kasalliklar keltirib chiqarmoqda.
O„zbekistonda bir yil davomida 60 mlrd.m
3
gaz qazib olinayotganligini 
etiborga olganimizda, shundan 58,4 % ichki ehtiyoj uchun, 6,5% yer osti 
omborlariga, 12,5% saykling jarayoniga va 22,5% eksportga jo„natiladi. 
Agarda umumiy qazib olinadigan gazning 3% mash‟ala orqali atmosferaga 
chiqarib yuborilishini hisobga olinsa bu qiymat katta ko„rsatgichni tashkil 
qiladi. 
Agarda 1000 m
3
yo„ldosh neft gazi yoqilganda atmosferaga 3 tonna 
uglerod gazini olib chiqishini hisobga oladigan bo„lsak, 1,5 mlrd. m
3
gaz 
yoqib yuborilganda 4,5 mln. t uglerod kislotasi atmosferaga tarqaladi.


78 
3.1-jadval 
Yoqiladigan yoki atmosferaga chiqariladigan yo„ldosh neft gazi hajmining 
dunyo regionlari bo„yicha taqsimlanishi 
№ 
Regionlar 
Hajmi, mlrd m
3
/yil 

Shimoliy Amerika 
17 

Markaziy va Janubiy Amerika 
10 

Afrika 
37 

Yaqin va O„rta Sharq 
16 

Osiyo 
20 

MDH 
32 

Yevropa 

Jami 
135 
Hozirgi kunda yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish masalasi 
hamma neft kompaniyalarining asosiy muammosi bo„lib, ulardan tejamkorlik 
bilan foydalanishning quyidagi usullari mavjud: 
1. Yo„ldosh neft gazidan yoqilg„i sifatida to„g„ridan-to„g„ri 
gazporshenli generatorlarda yoki gaz turbinali qurilmalarda gazni tayyorlash 
va ajratish qurilmalarining bloklarida qisman tozalab va quritib foydalanish 
mumkin. Gazporshenli generatorlarda yoki gaz turbinalarida yo„ldosh neft 
gazidan foydalanilganda to„liq quvvatga erishib bo„lmaydi hamda og„ir 
uglevodorodlarni va oltingugurtning mavjudligi jihozlarni tezda yemirilishga 
olib keladi. 
2. Kimyoviy texnologik jarayonlar asosida yoqilg„ini tashkil etuvchilari 
kimyoviy reagentlar yordamida ajratib olinadi. Bunday kimyoviy 
reagentlarning qimmatbaholigi va chetdan eldan valyuta hisobiga olib 
kelishini e‟tiborga olsak, bu usullarning qo„llanilishi iqtisodiy jihatdan 
samara bermaydi. 
3. Yo„ldosh neft gazlari maxsus bloklar orqali o„tkaziladi va yoqilg„i 
tarkibidagi komponentlar alohida tashkil etuvchilarga ajratib olinadi. Bunda 
membranali texnologiya va molekulyar to„r qo„llaniladi, lekin sorbentlar 


79 
tezda to„yinadi va plenkalar to„lib qoladi hamda ularni tezda almashtirishga 
to„g„ri keladi. 
4. Propanli sikl asosida past haroratli ajratish texnologiyasini 
qo„llashda, issiq iqlimda sharoitlarida qo„llanilayotgan jihozlarning ish 
ko„rsatgichi pasayib ketadi va ishlatish xarajatlarining narxi ham oshib 
ketadi. 
5. Yo„ldosh neft gazlari gazni qayta ishlash zavodlariga tashib 
keltiriladi va qayta ishlanadi. Qimmat quvur uzatmalarni yotqizish uchun 
katta xarajat sarflanadi va qoplash muddati uzayib ketadi. 
6. Sovutgichlar yordamida yo„ldosh gazning tarkibidagi hamma 
komponentlar yoqish asosida yoqilg„i tashkil etuvchilarga ajratib olinadi. 
Uglevodorodlarning og„ir fraksiyalaridan (S
3
va undan yuqori) 
yo„ldosh neft gazidan gaz elektr generatorlarining yoqilg„isi sifatida 
foydalanishda ma‟lum muammolar paydo bo„ladi, hamda u neft kimyo 
sohasida qimmat xom-ashyo hisoblanadi. Muammoning yechimini 
topishning asosiy yo„nalishiga yo„ldosh neft gazlar ikki bosqichli utilizatsiya 
qilish yo„li orqali ajratib olinadi–mahsulotning tarkibidagi og„ir uglevodorod 
xom ashyosi va ishlashdan chiqqan gazni gaz dvigatellarida yuqori metan 
soni bilan yoqiladi yoki quruq gaz magistral gaz uzatmalariga beriladi. 
Yo„ldosh neft gazni qayta ishlash uchun neft konlaridan yig„ish 
bo„yicha kompleks tadbirlar amalga oshiriladi, u gazni qayta ishlash 
zavodlariga tashib keltiriladi va benzinsizlantirilgan quruq gaz olish uchun 
qayta ishlanadi (QBG-quruq benzinsizlantirilgan gaz), keng fraksiyasi yengil 
uglevodorodlar (KFYEU) va barqaror gazning benzini (BGB) olinadi. Yengil 
gazning (C

va undan yuqori) keng fraksiyasidan qo„shimcha holda 
suyultirilgan neft gazlarini ajratish uchun gaz fraksiyalarga ajratish blokiga 
to„planadi. 
Bir qator obektlarda yo„ldosh neft gazi, neft qazib olish mahsulotlari 
neft kimyo sanoatining zaruriy xom-ashyosi hisoblanganda ham katta hajmda 
mash‟alalar yoqilmoqda. 


80 
Yo„ldosh neft gazini mash‟alada yoqilishiga quyidagi sabablar kiradi: 
- qayta ishlash joyning uzoqligi; 
- kerakli transport (quvur uzatmaning) infratuzilmasining mavjud 
emasligi; 
- gazni qayta ishlash zavodini qurish kerakligi. 
Bugungi kunda energetik yo„nalishda neftni qayta ishlashning eng 
samarali yo„nalishi gaz porshenli elektr stansiyalarida yo„ldosh neft gazidan 
yoqilg„i sifatida foydalanishda tarmoqlarni va transformator podstansiyasini 
qurish uchun xarajatlarni kamaytirish zarurati paydo bo„lmoqda. 
Gaz elektr generatorlari qo„llanilganda mash‟alaga beriladigan yo„ldosh 
gazlarni utilizatsiya qilish orqali ekologik muammolarni hal qilib bo„lmaydi, 
chunki issiqlik (parnik) effekti atmosfera va Kiot bayonnomasi bilan 
bog„liqdir. Kiot bayonnomasining qabul qilinishi ekologik muhitning 
o„zgarishiga tahdid bo„layotganligi, insoniyatning faoliyati bilan bog„liqligi, 
yer iqlimining keskin o„zgarishi, Selsiy bo„yicha atmosferaga chiqariladigan 
tashlanmalarning nazorat qilinmasligi sababli atmosferaning yuqori 
qatlamlarida harorat 1,4
0
S dan 5,8
0
S gacha ko„tarilishi sodir bo„layotganligi, 
atmosferadan keladigan yog„ingarchiliklarning miqdorining o„zgarishi, dunyo 
okeanlaridagi sathning ko„tarilishi bilan bog„liqdir. Rio-de-Janeyro shahrida 
1992 yilda 180 ta davlatda iqlimning o„zgarishi to„g„risida BMT ning 
konvensiyasi qabul qilingan. 
3.2 - rasm. Yo„ldosh neft gazini gaz elektr stansiyasida utilizatsiya qilish 


81 
O„zbekiston Respublikasida 1999 yilda 12 oktabrda Kiot bayonnomasi 
ratifikatsiya qilingan va shunga asosan 2005 yil 16 fevraldan kuchga kirgan. 
Kiot bayonnomasi bo„yicha chiqindi gazlarning 6 ta turi nazorat qilinadi: 

Download 7,63 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish