Yengil uglevodorodlarni utilizatsiya qilishning zarurligi




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
 
3.2. Yengil uglevodorodlarni utilizatsiya qilishning zarurligi 
Neftning yengil uglevodorodlaridan samarali foydalanishda bu fraksiyalarni 
yo„qotilishini bartaraf qilish neft sanoati xidimlarini diqqatini o„ziga tortadi hamda 
uglevodorodlarni sintez qilish va belgilangan jarayon asosida keng gammali 
qimmat bo„lgan sintetik materiallarni (spirt, kauchuk, plastmassa) olishning bir 
qator ilmiy va amaliy masalalarini muvaffaqiyatli yechish masalalari so„nggi o„n 
yillikda jadal o„rganilmoqdi. Neftkimyo sanoatining jadal rivojlanishi bilan bog„liq 
holda mustahkam tejamkor xom-ashyo bazasini yaratishda neft va gazdagi yengil 
uglevodorodlarning yo„qotilishini oldini olish va tiklash muhim masala 
hisoblanadi. 
Birinchi o„rinda bu masalani xalq xo„jaligi uchun iqtisodiy mohiyatini ko„rib 
chiqish zarur hisoblanadi. Ishlab chiqarishda chiqindilarni yo„qotilishi texnika 
taraqqiyoti va ishlab chiqarishning o„sishi bilan bog„liqdir. Sanoatda organik sintez 
qilish paydo bo„lishigacha neft va gazni qayta ishlashda ajralib chiqadigan yengil 
uglevodorodlar kerakmas deb hisoblangan, ikkilamchi mahsulotlar yoqib 
yo„qotilgan. Sanoatning rivojlanishi bilan bunday “tashlanmalar” maqsadli 
mahsulotlarni olishda qimmat baho xom-ashyo hisoblangan va umumiy ishlab 
chiqarish xarajatlari keskin kamaytirilgan. Ishlab chiqarishda tashlanmalardan 


76 
foydalanishdagi tejamkorlik chiqindilarni o„zidan olinadigan tejamkorlikdan 
farqlash va bu chiqindilarni minimum darajasiga yetkazish zurur bo„lib qoldi. Bu 
holatdan 
kelib 
chiqib, 
neftni 
bug„lanishi 
natijasida 
yo„qotiladigan 
uglevodorodlarga baho berish kerak.
Xalq xo„jaligidagi yo„qotilishlarni qisqartirish va ulardan xom-ashyo sifatida 
to„liq foydalanishda takomillashgan yangi texnika va texnologiyalarni ishlab 
chiqish mehnatn unumdorligini ta‟minlaydi.
 
Hozirgi vaqtda ham neftni yig„ish obektlarini texnik jihozlashda 
germetiklash va takomillashtirish choralarining yetarli bo„lmaganligi uchun neftni 
yig„ishda, tashishda va saqlashda, ba‟zida neftni kon sharoitida va zavodlarda 
tayyorlashda yengil uglevodorodlarni yo„qotilishi chegaraviy qiymatlardan oshib 
ketmoqda. Neft asosan o„lchash joylarida bug„lanishga yo„qotiladi va u yerda 
germetik bo„lmagan o„lchagichlarni (naporsiz tizimda neftni yig„ish), qo„yishda, 
yig„uv punktlarida, rezervuarlarda saqlashda, neft konlarining tovar parklarida, 
tovar-tashish boshqarmasida va neftni qayta ishlash zavodlarida sodir bo„lmoqda. 
Yo„qotilishlarni bartaraf etiladigan va bartaraf etilmaydigan holatda qarash 
mumkin. Bartaraf qilib bo„lmaydigan yo„qotilishlar neft kon korxonalarining 
texnik jihozlanishiga bog„liq bo„ladi va unda yangi texnologiyalarni va 
texnikalarni qo„llash yoki takomillashtirish asosida (neftni harakatlanishida 
germetiklash yo„li orqali bosimli va yuqori bosimli yig„ish tizimiga o„tish, 
rezervuar parklarini to„liq germetikligini ta‟minlash va atmosferaga tashlanadigan 
uglevodorodlarni to„liq ushlash, neftni oqib chiqishlar sonini kamaytirish va 
boshqalar) qisqartirishga erishiladi. 
Bartaraf qilinadigan yo„qotilishlarga xo„jasizlik, texnikadan foydalanila
olmaslik, kon jihozlarini ishlatishda va saqlab turishda elementar buzilishlarga 
yo„l qo„yishlar tashkiliy-texnik tadbirlarni qo„llash orqali bartaraf qilinadi. 
Yegil fraksiyalarni yo„qotilishini bartaraf qilishda neft va gazni yig„ishni 
ratsional sxemasini tadbiq qilish hamda neftni saqlash va tashishda 
barqarorlashtirish uchun obektlardan smarali foydalanish talab qilinadi. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yengil uglevodorodlarni utilizatsiya qilishning zarurligi

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish