O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
 
 
 


83 
3.4. Yo‟ldosh neftgazlarni utilizasiya qilish yo‟li orqali suyuq 
uglevodorodlarni ishlab chiqarish 
Mash‟alaga beriladigan yo„ldosh gaz orqali qazib olinadigan mahsulotning 
asosiy qismi yoqiladi. Yo„ldosh neft gazlarining tashkil etuvchilarini utilizatsiya 
qilish neft konlarini yuqori texnologiyada o„zlashtirishga va uglevodorod xom 
ashyosini qayta ishlatishga qaytarishga yo„naltirilgan. 
Yo„ldosh net gazi (YNG)-gazsimon uglevodorodlarning har xil aralashmasi 
bo„lib, neftda erigan holda bo„ladi; ular qazib olish va haydash jarayonlarida
(yo„ldosh gazlar propan va butan izomerlaridan tashkil topgan) ajralib chiqadi. 
Neft gazlariga neftni krekingidan chiqadigan gaz ham mansub bo„lib, chegaradagi 
va chegaradan tashqaridagi (metan, etilen) uglevodorodlaridan tashkil topgan. 
Neft gazlaridan yoqilg„i va har xil kimyoviy moddalarni olishda foydalaniladi. 
Neft gazlariga kimyoviy ishlov berish natijasida propilen, butilen, butadiyen 
hamda plastmassa va kauchuk ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
3.2-jadval 
YNGining tarkibi taqriban quyidagicha yaqin 
№ 
Gaz komponentlari 
Hajmiy ulushi,% 

Metan (CH
4

81 

Etan (C
2
H
6



Propan (C
3
H
8



Izo-butan (I – C
4
H
10

2,5 

N- butan (n – C
4
H
10

1,5 

Azot (N
2

1,0 

Nordon gaz (CO
2

0,15 

Boshqa turdagi gazlar 
2,85 
Neft ko„p bosqichli ajratish yo„li orqali YNG olinadi. Ajratish bosqichlaridagi 
bosim katta qiymatga farq qiladi. 
YNGni utilizatsiya qilishning asosiy yo„llariga gazni qayta ishlash zavodlarida 
ishlash, elektr energiyasini generatsiya qilish, xususiy ehtiyojlarga yoqish, neft
beraoluvchanlikni oshirish uchun (qatlam bosimini saqlab turish ) qatlamga 
qaytadan haydaladi, quduqlarni gazlift usulida ishlatish uchun-qazib oluvchi 
quduqqa haydaladi. 


84 
Yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning asosiy muammolaridan biri 
og„ir uglevodorodlarning miqdorini ko„pligidir. Og„ir uglevodorodlarni chiqarib 
yuborish hisobiga YNGlarini sifatini oshirish uchun bir nechta texnologiyalardan 
foydalaniladi. Ulardan biri – YNGni tayyorlashda membranli qurilmalardan 
foydalaniladi. Membranli qurilma qo„llanilganda gazning metanlar soni ko„p 
miqdorga oshadi, past issiqlik yaratuvchanlik xususiyati, issiqlik samaradorligi va 
shudring nuqtasini harorati pasayadi. Membranli uglevodorod qurilmasi yordamida 
oltingugurtning va uglerod ikki oksidining konsentratsiyasi gazning oqimida 
pasaytiriladi.
Yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning bir nechta foydali usullari 
mavjud, lekin amaliyotda faqat bir nechtasidan foydalaniladi. 
YNG ni utilizatsiya qilishning asosiy usullariga uni komponentlarga ajratish 
va ularni eng katta qismini bensizlantirilgan (tabiiy gaz bo„lib, asosan metan 
hisoblanadi va bir qancha miqdorda etandan tashkil topgan) gaz tashkil qiladi. 
Ikkinchi guruhdagi komponentlar keng fraksiyali yengil uglevodorodlar (KFYEU) 
tashkil qiladi. KFYEUga ikki va undan ko„p atomlardan tashkil topgan (S


fraksiyasi) uglevodorodlar kiradi. Mana shu aralashma neftkimyosining asosiy 
xom ashyosi hisoblanadi.
3.3.-rasm. Yo„ldosh neft gazlarini past haroratli ajratish texnologiyasi 


85 
Yo„ldosh neft gazining ajralish jarayoni past haroratli kondensatsiyalash 
(PHKQ) va past haroratli absorbsiya qurilmasida sodir bo„ladi. Quruq
bensizlantirilgan gaz ajratilgandan keyin oddiy gaz uzatma orqali tashiladi,
YEUKFsi esa – neftkimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlashga 
uzatiladi.
Zamonoviy texnologiyalarni qo„llash asosida yo„ldosh neft gaz mahsulotlari 
tarkibidan eng so„nggi xom ashyoni ajratib olinadi va undan gaz turbinali elektr 
stansiyalarida elektr energiyasini olishda yoqilg„i sifatida foydalaniladi. 
Asosiy istiqbolli yo„nalish kichik gabaritli qurilmalardan foydalanib, 
yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali mash‟alalarni uchirish va gazsimon 
metan yoqilg„isini, barqaror gaz benzinini va propan-butan fraksiyasining suyuq 
aralashmasini to„g„ridan-to„g„ri olishning imkoniyati mavjud.
Talab qilinganda majmuaga gazni fraksiyalarga ajratish uchun qo„shimcha 
bloklar o„rnatiladi va natijada texnik propan, izo-butan fraksiyasi, normal butan va 
boshqa mahsulotlar olinadi. Yo„ldosh neft gazini zamonaviy texnologiyalar asosida
utilizatsiya qilish asosida konlarda yo„ldosh neft gazidan to„liq foydalanishni 
imkoniyati mavjud, qo„shimcha elektr energiya, issiqlik va uglerodli gaz mator 
yoqilg„isini va suyultirilgan uglevodorod gazini olish mumkin. 
Jihozlarning majmuasi keng diapazonli tasnifga ega bo„lib, blokli-modul 
jamlanmasiga egadir. Qurilma avtomatik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, 
konstruksiyasi sodda tuzilishga ega, avtomatik boshqaruv uning yutug„i 
hisoblanadi. Jihozlar oson tashiladi va ishlatish joyiga ishonchli montaj qilinadi 
hamda ishga qo„shish va tushirish ishlari kam xarajatni talab qiladi. Jihozlarning 
blok-modulli jamlanmasining asosiy afzalligi katta bo„lmagan quduqlardagi 
yo„ldosh neft gazlarni utilizatsiya qiladi. Belgilangan konlar to„liq ishlatib 
bo„lingandan keyin jihozlarni boshqa konlarga ko„chirish mumkin. Qurish 
ishlariga past ko„rsatgichdagi energiya sarflanadi va hozirgi vaqtda eng samarali 
hisoblanadi. Jihozlarning massasi, gabarit o„lchamlari, iste‟mol elektr quvvati, 
narxi, tayyorlash va montaj qilishga sarflanadigan vaqt aniq belgilangan konlardagi 
gazning parametrlariga bog„liq bo„ladi.
Metan-etan aralashmasidan qayta ishlash jarayonida gaz turbinali elektr 
stansiyalarida yoqilg„i sifatida foydalanish orqali elektr energiyasi va issiqlik 


86 
energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bunday elektr stansiyasini qurishdan 
oldin elektr energiyani amalda mavjud bo„lgan elektr tarmog„iga uzatish mumkin 
bo„lgan imkoniyat ko„rib chiqiladi yoki konni ishlatish ehtiyoji uchun 
foydalaniladi. Gaz turbinali elektr stansiyasining quvvatini taqriban yoqilg„i 
gazining sarfidan kelib chiqib aniqlanadi.
Bundan tashqari yo„ldosh neft gazlari qaytadan qatlamga haydaladi, 
qatlamdan neftni qazib olish ko„rsatgichini oshiradi. Ko„kdumaloq konida 
saykling jarayonida qatlamga qaytadan bir yilda 3946,326 mln.m
3
haydalsa, bu 
qiymat 2013 yilgacha 86493,074 mln. m
3
ni tashkil qilgan. 
Har bir yo„ldosh neft gazini utilizatsiya qilish bo„yicha qurilma maxsus 
loyiha asosida kichik yoki yirik yo„ldosh neft gazini qayta ishlash hajmidan va 
yo„ldosh neft gazini loyihasining iqtisodiy ko„rsatgichlari qayta ishlangan 
mahsulotlarni sotish sxemasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Shakarbuloq konida gaz porshenli qurilmaning bittasidan foydalanilganda 
yoqilg„i gazining nominal sarfini ko„rsatgichi 3066 ming. m
3
/yil-ni tashkil qilgan. 
Tayyorlab beruvchi zavodning ma‟lumotiga muvofiq solishtirma chiqindilar, azot 
oksidi - 5,5 g/m
3
, uglerod oksidi – 3,3 g/m

ni tashkil qilgan. 
O„zbekiston Respublikasi hududida mash‟ala chiqindi gazlarni tozalash 
bo„yicha toza rivojlanish mexanizmi (TRM) dasturining loyihasi amalga 
oshirilganda keyin Shakarbuloq konidan qo„shimcha chiqadigan tabiiy gazlarni 
yonish mahsulotlarining turi quyidagicha: azot oksidi (NO), karbon oksidi (CO), 
oltingugurt ikki oksidi (CO
2
). 
Shakarbuloq konida gaz porshenli qurilmaning bittasidan foydalanilganda 
yoqilg„i gazining nominal sarfini ko„rsatgichi 3066 ming. m
3
/yil-ni tashkil qilgan. 
Tayyorlab beruvchi zavodning ma‟lumotiga muvofiq solishtirma chiqindilar, azot 
oksidi - 5,5 g/m
3
, uglerod oksidi – 3,3 g/m

ni tashkil qilgan. 
O„zbekiston Respublikasi hududida mash‟ala chiqindi gazlarni tozalash 
bo„yicha toza rivojlanish mexanizmi (TRM) dasturining loyihasi amalga 
oshirilganda keyin Shakarbuloq konidan qo„shimcha chiqadigan tabiiy gazlarni 
yonish mahsulotlarining turi quyidagicha: azot oksidi (NO), karbon oksidi (CO), 
oltingugurt ikki oksidi (CO
2
). 


87 
3.4.-rasm. Saykling jarayonini qo„llanilish sxemasi 
Keng fraksiyali yengil uglevodorodlar tarkibidan ajratib olingan quruq 
gazdan elektr energiyasini olishda foydalanish uchun gaz generatorlarga 
yo„naltiriladi hamda neft konlarida belgilangan iste‟mol talablar uchun ishlatiladi 
va yaqin joylashgan sanoat obektlariga hamda aholi punktlariga beriladi. Mash‟ala 
gazlarini tijorat utilizatsiya qilishning samarali texnologiyasini amalga oshirish 
uchun uzoq masofada joylashgan kichik neft va gaz konlaridan olinadigan 
mash‟ala gazlari bir joyga to„planadi va yengil uglevodorodlar keng fraksiyalarga 
(KFYEU) ajratiladi va kichik tonnajli gazni qayta ishlovchi qurilmalarga uzatiladi.
Bu qurilmalar orqali ajratib olingan fraksiyalar tashish uchun yuklash-tushirish 
qurilmalari bilan ta‟minlanadi va treylerga yuklanadi hamda temir yo„l transporti 
orqali qayta ishlashga yoki iste‟molchilarga yetkazib beriladi.


88 
3.3-jadval 
Utilizatsiya gazining tarkibi 
Uglevodoro
dning nomi 
PDK

mg/
m3 
Xavfli
lik 
sinfi 
O„rnatil
gan 
kvota 
PDKning 
maksimal 
konsentrats
iyasi 
Kvotag
a mos 
o„rnatil
gan 
Tashlanm
adagi 
ulushi,% 
Jami 
atmosfer
aga 
chiqarili
sh 
miqdori 
Azot oksidi 
0,60


0,330 
0,30 

48,940 
1272,5 
Azot ikki 
oksidi 
0,08
32 

0,250 
0,24 

12,234 
318,1 
Uglerod 
oksidi 
5,00


0,500 
0,03 

38,822 
1009,5 
Oltingugurt 
ikki oksidi 
0,50


0,330 
0,01 

0,004 
0,08 
Jami 
100,00 
2600,18 
Yo„ldosh gazni qayta ishlashda qo„llaniladigan MUPG-100 qurilma 
modulining texnik iqtisodiy ko„rsatgichlari quyidagicha: 
-yo„ldosh gazni qayta ishlash bo„yicha nominal ko„rsatgichi – 100 ming. 
m

/kun; 
- yengil uglevodorodlarni keng fraksiyalarga ajratish (YEUKFA)ning 
soni- 30-35 t/kun;
- bajarilish moduli (namunaviy 20-futli konteyner) – 3 dona. 
Qurilmaning tarkibi: 
1.Kompressor stansiyaning moduli: 
- kompressorning ish ko„rsatgichi – 4000 nm
3
/soat;
- so„rish bosimi – 0,1 – 0,2 MPa; 
- haydash bosimi – 3,6 – 4,0 MPa; 
- kompressorning validagi quvvat – 180 KVt; 
- o„rnatilgan quvvati – 200 KVt. 
2. Gazni oqimli yuvish va sovutgichlarning moduli. 
3. Nazorat o„lchov asboblarining va apparaturalarning hamda boshqaruv 
qurilmasining moduli.


89 
3.5.-rasm. Gazni qayta ishlashda qo„llaniladigan kichik tonnajli qurilmalar 
yordamida neft konlaridagi yo„ldosh gazlarni utilizatsiya qilish sxemasi. 
MUPG-100 modulining turkumli ishlab chiqarish tarkibining bahosi- 3 mln. 
yevro. 
Yo„ldosh gazlarni utilizatsiya qilishda yengil uglevodorodlarning keng 
fraksiyasidan og„ir uglevodorodlarni va quruq tabiiy gazini ajratib olishda uni 
energetik qurilmalarda yoqishdan tashqari tejamkorlik bilan foydalanishda 
muammolar paydo bo„ladi. 
Utilizatsiya mahsulotining tarkibidan ajratib olingan tabiiy gazni iste‟mol 
qilinadigan joyga yetkazib berish quvurli uzatmalar orqali amalga oshiriladi yoki 
iqtisodiy samaradorligi asoslanadi. Bunday texnologiya avtonom gaz ta‟minoti 
hisoblanadi, aholi punktiga yoki sanoat obektiga tabiiy suyultirilgan yoki siqilgan 
gaz iste‟molchilarga maxsus transport vositalari yordamida yetkaziladi. 
Benzinsizlantirilgan quruq gazdan suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish 
jihozlari jamlanmasining tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- tozalash va quritish blokining jamlanmasi; 


90 
- OP-6 qurilmasi va uning tarkibiga tabiiy gazni suyultiradigan bloki kiradi, 
STG ni ishlab chiqarish ko„rsatgichi 6 t/soat; 
- komressor qurilmasi; 
- yordamchi jihozlar; 
- STGni saqlash omborlari va qo„yish shaxobchasi SXP-1000/0,6; 
- nazorat va boshqarishning avtomatik tizimi (NABT); 
- transport vositalari. 
Dastlabki, yo„ldosh neft gazi R
h
=5,0 MPa.gacha siqilgandan va 
kondensatning tarkibidagi asosiy uglevodorodlar va suv ajratib olingandan keyin 
tabiiy gaz ko„rinishida gazni tayyorlash blokiga kirib keladi va u yerda mexanik 
aralashmalar, CO

aralashmasidan tozalanadi va quritiladi. Tayyorlash blokida 
quritilgan gaz (suv bug„lari bilan to„yintirilgan shudring nuqtasiga mos keluvchi , 
manfiy 70
0
S) va CO

ning aralashmasidan tozalangan gaz past haroratli suyultirish 
blokiga yo„naltiriladi. Past haroratli blokda drossel siklida aralashtirilgan xladagent 
bazasi sirkulyatsiyasida yo„ldosh gaz suyultiriladi. Suyultirilgan gazning tarkibida 
azot, metan, etan, propan va butan aralash gazlar aniq proporsiyada bo„ladi. SXA 
(xladagentli aralashmani) siqish uchun kompressor jihozlarining tarkibiga elektr 
yoki gaz porshen yuritmali ishchi bo„shliqlari surkov qilinmagan maxsus 
kompressor qo„shiladi. Suyultirilgan yo„ldosh gaz OP-6 qurilmasida saqlash tizimi 
SXP-1000/0,6 ga 1000m
3
hajmda va 0,6 MPa ishchi bosimda beriladi, u yerda 
zavodda tayyorlangan 4 ta gorizontal rezervuar RSNP-250/0,6 o„rnatiladi. 
SXPning qo„yish terminalidan transport vositalariga STGni qo„yishda 
foydalaniladi. Kriogen jamlanmasi jihozlarini boshqarish avtomatik tizim orqali 
nazorat qilinadi va boshqariladi.
Ko„kdumaloq konini qayta ishlatishni yangilash bo„yicha “O„zbekiston-
Shveysariya “ qo„shma korxonasi bilan “Ko„kdumaloq Gaz” OOO yo„ldosh neft 
gazlarini qayta ishlashni ikkinchi bosqich loyihasi ishlari amalga oshirilgan. 
Yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish “Zeromax GmbH” “Ko„kdumaloq 
Gaz” QK OOOni ta‟sischi tashkiloti “Muborakneftgaz” USHK hisoblanadi va 
ikkinchi bosqich loyihaning bahosi 60 mln.doll.ga teng. 
Respublikada Ko„kduloq koni eng katta kon hisoblanadi va 1986 yilda 
ochilgan. Qazib olinadigan neft – 55 mln.tonnani, gaz kondensati – 67 mln.t va gaz 


91 
esa 147 mlrd.m
3
.ni tashkil qiladi. “Ko„kdumaloq Gaz” O„zbekiston-Shveysariya 
QKsi tomonidan ishga tushirishning birinchi bosqichida 1,3 mlrd.m
3
yo„ldosh neft 
gazni utilizatsiya qilish imkonini bergan. 
Loyihani ikkinchi bosqichida texnologik jihozlar qurilgandan so„ng 3 
mlrd.m
3
/yil hajmidagi yo„ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning imkoniyatini 
beradi hamda kondagi mash‟alaga beriladigan yo„ldosh neft gazlarni 
utilizatsiyasini amalga oshirish va regiondagi ekologik muhitni yaxshilash ishlari 
o„z joyiga qo„yiladi.

Download 7,63 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish