O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
 
 


96 
3.7. Neft rezervuarlari 
 
 
Neft rezervuarlari mo„ljallanishi bo„yicha xom-ashyo, texnologik va tovar 
turlariga bo„linadi. 
Xom-ashyo rezervurlari suvlangan neftlarni qabul qilish uchun xizmat 
qiladi. Texgnologik rezervuarlar suvni dastlabki tashlash uchun hamda 
tindirgichlar sifatida qo„llaniladi. Rezervarlarga suvsizlantirilgan yoki 
tuzsizlantirilgan neft magistral neft uzatmalariga berish uchun to„planadi va tovar 
rezervuarlari deb ataladi. 
Rezervuar parki – bu bir joyda to„plangan xom-ashyo va texnologik 
rezervuarlarning to„plamidir. Agar bu guruh tarkibida tovar rezervuarlari mavjud 
bo„lsa, tovar parki deb ataladi. 
Rezervuarlar yer ustiga, yarim ko„milgan holatda va yer tagiga o„rnatiladi.
Neft konlarida silindrik po„lat yer usti rezervuarlari ko„proq qo„llaniladi, yarim 
ko„milgan yoki chuqurlashtirilgan temir betonli rezervuarlar kamroq qo„laniladi.
Tik ko„rinishdagi po„lat rezervuarlar standartlashtirilgan va nominal hajmi 
bilan bir-biridan farq qiladi (3.4-jadval). RVS -1000 (tik po„lat rezervuar) ning 
hajmi 1000 m

, RVS-3000 – hajmi 3000 m
3

Izotermik rezervuarlar har xil turdagi neft mahsulotlarini o„zgarmas past 
yoki minus haroratda saqlash uchun xizmat qiladi. Bunday rezervuarlarni 
loyihalashtirish va qurish rezervuar qurilishida yangi yo„nalish hisoblanadi. Neft 
mahsulotlarni 196 
o
C haroratda saqlash uchun har xil turdagi konstruksiyalari 
ishlangan.
Ikki qavatli konstruksiyali devorlari, yopilmasi va tubida oraliq masofali 
izotermik rezervuarlar ko„proq neft mahsulotlarini saqlashda qo„llanilmoqdi.
Oraliq masofasining kattaligi topshiriqqa asosan loyihalashtiriladi. Bunday 
topshiriqqa quyidagi ma‟lumotlar kiradi: hajmi; saqlanadigan suyultirilgan gazning 
nomi va harorati, rezervuarning tashqi va ichki po„lat materialining markasi; 
ortiqcha va gidrostatik bosim kattaligi; qurilish tumani; qor va shamol ta‟siridagi 
yuklamini kattaligi; qurilish tumanining seysmik holati; issiqlikdan himoyalovchi 
materiallarni, payvandlash materiallarini nomlari va markasi va boshqa 
ma‟lumotlar. 


97 
Agar saqlanadigan mahsulotning harorati minus -65
0
Sdan past bo„lsa, 
rezervuarlarni loyihalashtirishda qurilish po„latlari qo„llaniladi. Harorat bundan 
ham past bo„lganda maxsus markadagi po„latlar qo„llaniladi: nikel tarkibli, 
zanglamaydigan hamda alyuminiy qorishmali. 
Izotermik rezervuarlarni loyihalashtirish va qurish ko„p tomonlama past va 
yuqori bosimli tik silindrik rezervuarlarni loyihalashtirish va qurish kabidir.
3.4- jadval 
Neft rezervuarlarining tavsiflari 
Rezervuarlarning 
turi 
Diametri, mm 
Balandligi, mm 
Umumiy massasi, t 
RVS-100 
5330 
5510 
4,98 
RVS-200 
6670 
6870 
7,51 
RVS-300 
8000 
6870 
9,93 
RVS-400 
8000 
8240 
11,05 
RVS-700 
10670 
8240 
16,87 
RVS-1000 
12000 
9600 
21,57 
RVS-2000 
14670 
12320 
36,07 
RVS-3000 
18680 
12320 
54,54 
RVS-5000 
22680 
12270 
78,37 
RVS-10000 
33350 
12270 
174,44 
RVS-20000 
46660 
11860 
275 

Download 7,63 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish