120
Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning
joyini o`zgartirib bo`lmaydi. Boshqa qatlamlarning o`rnini almashtirish mumkin.
Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo`yadi. Agar qatlam
nisbatan shaffof bo`lsa, undan keyingi qatlam biroz ko`rinib turadi.
Qatlamga
niqob qatlam
qo`shish mumkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan
qismini o`zgartirib bo`lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o`zgartirish kerak
bo`lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga
korreksion qatlam
qo`shiladi.
Stil qatlam
esa qatlamga tayyor stilni qo`llash uchun
ishlatiladi.
Bo`yoq quyish
qatlami qatlamning ustidan bo`yoq quyish uchun
ishlatiladi.