111
bandidagi
Отменить
выделение
(Ajratishni bekor qilish) buyrug`ini tanlash
mumkin.
Ajratish uskunalari uskunalar satrida birinchi bo`lib joylashgan. Uning
ustida sichqonchaning o`ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to`rtta
uskuna ro`yxati ekranga chiqadi. Ular quyidagi uskunalardir:
6.2.8-rasm. Rasm ajratish satri.
To`g`ri to`rtburchakli soha uskunasi
- to`g`ri to`rtburchak ko`rinishidagi
sohani
ajratish uchun ishlatiladi.
Ellipssimon soha
- ellips ko`rinishidagi sohani ajratadi.
Gorizontal qator
-
piksellarning gorizontal satrini ajratish uchun xizmat qiladi.
Vertikal qator
- piksellarning vertikal qatorini ajratish uchun ishlatiladi.
6.2.9-rasm. Ajratish uskunalari.
Biror-bir sohani ajratib olish uchun sichqonchaning chap
tugmasini bosib,
ajratiladigan sohaning bir burchagidan ikkinchi burchagiga o`tish va tugmani qo`yib
112
yuborish kerak bo`ladi. Soha ajratilgach, yana bir marta yangi soha ajratilsa, eski
ajratilgan soha bekor qilinadi va o`rnida yangi ajratilgan soha paydo bo`ladi.
Rasmni kerakli qismini belgilab olinib,
Shift
tugmasi bosib turib yana yangi
soha belgilansa,
eski soha bilan yangi soha birlashtiriladi va hosil bo`lgan soha
ajratiladi
.
Rasmni kerakli
qismini belgilab olinib, yangi soha ajratishda
Alt
tugmasi
bosib turilsa,
yangi ajratilgan soha eskisidan ayirib tashlanadi.
Rasmni kerakli qismini belgilab olinib, yangi sohani ajratishda
Alt
va
Shift
tugmalarining ikkalasi ham bosib turilsa,
yangi soha bilan eski sohaning kesishmasi
ajratib olinadi.
Yuqoridagi belgilashlarni uskunalar satridan
Shift,
Alt
va
Shift+Alt
tugmalarini tanlab ham bajarish mumkin.
Bu to`rtta holat yuqoridagi to`rtta suratda aks etgan. Ajratish uskunalaridan
birortasi tanlanganda parametrlar satrida bu uskunalarning
parametrlari paydo
bo`ladi. Parametrlar satrining ko`rinishi quyidagi rasmda ko`rsatilgan:
6.2.10-rasm. Rasmi ajratish uskunalar satri.
Undagi ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi va beshinchi tugmalar mos ravishda
hech qaysi tugmani bosmasdan,
Shift, Alt
va
Shift+Alt
tugmalarini bosib turib
sohani ajratishga to`g`ri keladi. Ya’ni klaviaturadagi tugmalarni bosib turish o`rniga
parametrlar satridagi tugmani bir marta bosib qo`yish mumkin. Oval ko`rinishidagi
sohalarni ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi. Shuningdek, to`rtta ajratish
uskunalaridan bitta murakkab sohani ajratishda ham foydalanish mumkin.
Ajratilgan sohalardan namunalar quyidagi rasmlarda keltirilgan:
6.2.11-rasm. Birlashtirish yoki ajrtish oynasi.
114
bir burchagiga olib kelib, chap tugmasini bosamiz, so`ng sichqonchani navbatdagi
burchakka olib kelib yana bir marta bosamiz, so`ng
uchinchi burchakda, keyin
to`rtinchi burchakda bosib, oxiri birinchi burchak ustida ikki marta bosamiz.
Natijada kompyuter ekranini ajratib olamiz:
6.2.14-rasm. Kompyuter ko`rinishi.
Ajratib olingan sohani olib tashlash uchun klaviaturadagi
Delete
(o`chirish)
tugmasini bosamiz. Ekranda muloqot oynasi paydo bo`ladi. Unda
Использовать
(Ishlatmoq) maydonchasida
Белый
(Oq rang) ni tanlaymiz va
OK
tugmasini
bosamiz. Natijada kompyuter ekrani oq rangga bo`yalib qoladi.