• 6.1. Adobe PhotoShop rastrli tasvirlarni qayta ishlash tizimi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/94
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #233393
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

     
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1

    Kompyuter grafikasining apparat ta’minoti haqida. 
    2. Tasvirning ekrandagi nusxasi. 
    3. Rastrli grafikaning asosiy kamchiliklari. 
    4. Photoshop dasturi va uning turlari. 
    5. PhotoShopning uskunalar satri haqida ma’lumot bering. 
    6. PhotoShop yordamida bajariladigan asosiy jarayonlarni ayting.
    6.1. Adobe PhotoShop rastrli tasvirlarni qayta ishlash tizimi. 
    Adobe Photoshop dasturi
    – grafik obyektlarni qayta ishlash, o`zgartirish, 
    saqlash uchun qo`llanuvchi ko`p sonli dasturlardan biridir. Adobe Photoshop palitra 
    bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, sohani belgilash, konturlar, rasm 
    chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o`lchami, tasvir ruxsat 
    etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa ko`plab 
    imkoniyatlarga ega. 


    101 
    Photoshop dasturi
    – grafik muharriri bo`lib, rastr (nuqtali) tasvirlar bilan 
    ishlashga mo`ljallangan (rastr formatli grafik fayllar, fotografiya, tasvirlar va 
    hokazo)
    PhotoShop dasturining 
    interfeysi
    quyidagi qismlardan iborat:

    sarlavha satri va asosiy menyu;

    parametrlar satri;

    uskunalar satri;

    palitralar sohasi;

    ishchi soha;

    holat satri. 
    6.1.1-rasm. PhotoShop dasturining umumiy interfeysi. 
    Asosiy menyuning
    quyidagi bo`limlari mavjud: 
    Файл
    (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar;
    Редактирование
    (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari;
    Изображение
    (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o`zgartirish;
    Слои
    (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash;
    Шрифты
    (Shrift) - shriftlar bilan ishlash;
    Выделение
    (Ajratma) - tasvir bo`lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash;


    102 
    Фильтр
    (Filtr) - tasvirni butunlay yoki qisman o`zgartirish uchun xizmat qiladigan 
    maxsus effektlarni qo`llash uchun ishlatiladi;
    3D
    (Uch o`lchamli) – uch o`lchamli obyektlar bilan ishlash;
    Просмотр
    (Ko`rish) - ilovaning tashqi ko`rinishi va undagi boshqarish obyektlarini 
    ko`rsatish uchun xizmat qiladi;
    Окно
    (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini 
    boshqarish uchun xizmat qiladi;
    Справка
    (Ma’lumot) - turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi.
    Uskunalar satrida
    foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda 
    kerak bo`ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta 
    tugma 
    ostida 
    odatda 
    bir 
    nechta 
    uskunalar 
    joylangan 
    bo`ladi. 
    Bu 
    uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfni ketma-ket bir 
    necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin 
    alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura 
    tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi 
    tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Parametrlar 
    satrida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko`rsatiladi. Zarurat bo`lganda bu 
    yerda uskunaning parametrlarini o`zgartirish mumkin. [6] 
    Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda 
    juda qo`l keladi. Zarur bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda 
    palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko`proq joy 
    ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan 
    birini tanlash uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish