Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/94
Sana14.05.2024
Hajmi5,59 Mb.
#233393
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Bog'liq
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash 
PhotoShop
da ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi 
tasvirni yaratish kerak bo`ladi. Bu amallarni qanday amalga oshirish bilan tanishib 
chiqamiz. Odatda, 
PhotoShop
da mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba`zan unda 
yangi tasvir yaratishga ham to`g`ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun
Ctrl+N 
(
New
- yangi so`zidan olingan) qo`shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning 
Файл 
(Fayl) bo`limining birinchi bandi 
Создать
... (... ni yaratish) bandini tanlash kerak. 
Natijada ekranda quyidagi 
Новый
(Yangi) muloqot oynasi paydo bo`ladi. Oynaning 
o`ng tomonidagi 
OK
(Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo`yicha 
yangi tasvirni yaratish; 
Отмена
(Bekor qilish) tugmasini bosib, yangi tasvir 
yaratishdan voz kechish mumkin. Bu tugmalar ostidagi 
Сохранить 
набор 
параметров 
(Parametrlar to`plamini saqlash) tugmasini bosib, o`rnatilgan 
parametrlardan keyingi tasvirlarni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo`yish 
mumkin. 
Удалить набор 
...(Parametrlar to`plamini o`chirish) tugmasi kerak 
bo`lmay qolgan parametrlar to`plamini o`chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu 
tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi ko`rinib turadi: 
6.2.6-rasm. Yangi sahifa yaratish oynasi. 


108 
Oynaning chap tomonidagi 
Имя 
(Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli 
uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi 
Набор 
(To`plam) maydonchasida parametrlar 
to`plamini 
tanlash 
mumkin. 
Odatda, 
bu 
parametrlar 
oxirgi 
yuklab 
olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo`ladi. Bu ro`yxatdan keraklisini 
tanlab parametrlarni birdaniga o`zgartirish mumkin. 
Paramertlarni bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o`zgartirish 
ham mumkin. Ulardan asosiylari 
Ширина
(Eni) va 
Высота
(Balandligi) lardir. 
Mavjud tasvirlarni ochish uchun 
Ctrl+O 
(
Open

ochish
so`zidan olingan) 
qo`shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning 
Файл 
(Fayl) bo`limining 
birinchi bandi 
Открыть
... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda 
quyidagi 
Открыть
(Ochish) muloqot oynasi paydo bo`ladi. 
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, 
Word 
yoki 
Excel
ning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi.
6.2.7-rasm. 
Открыть
(Ochish) oynasi. 
PhotoShop 
oxirgi ochilgan fayllar ro`yxatini saqlab qo`yadi. Bu ro`yxatdagi 
tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning 
Файл 
(Fayl) bo`limidagi 
Последние 
документы 
(Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi. 


109 
PhotoShopda
qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mavjud. 
Ulardan birinchisi 
Ctrl+S 
qo`shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buyruq joriy 
tasvirni joyi va nomini o`zgartirmasdan saqlab qo`yadi. 
Ctrl+Shift+S 
qo`shtugmalari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug`i 
ekranga saqlash muloqot oynasini chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvirni 
yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo`yish mumkin. 
PhotoShopda
fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko`p farq qilmaydi. Kompyuter 
grafikasi ommaviy tarzda qo`llaniladi va tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash 
uchun ko`plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zilari keng tarqalgan, ba’zilari 
faqat tor sohada ishlatiladi. 
PCX
(
PC eXchange
) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish jumlasidan 
olingan. Birinchi grafik formatlardan biri. Bu formatda juda ko`p tasvirlar 
saqlangan. Oxirgi paytda uning o`rniga 
png, jpeg
formatlaridan foydalanilmoqda. 
RAW
(ingliz tilida 
raw
) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. 
Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, 
fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning hajmini kamaytiradi. Bunda 
fotosuratlarning sifati ba`zan biroz, ba`zan ko`proq pasayadi. Bu formatda saqlangan 
fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o`zi 
tanlaydi. Bu esa yaxshi chiqmagan fotosuratlarni ham qayta tiklash imkonini beradi. 
Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda bo`lishi (25 MB gacha). Faqat qayta 
ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Oxirgi paytda ommaviylashib 
bormoqda. 
PNG
(
Portable Network Graphics
) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafika 
jumlasidan olingan. Internetda keng qo`llaniladi. U gif formati o`rnini egallab 
bormoqda.
PDF
(ingliz tilida 
Portable Document Format
) - elektron hujjatlar formati degan 
jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko`rinishda saqlash 
uchun mo`ljallangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan hajmi nisbatan 
kattaligi, tasvirlash ko`proq vaqt talab qilishi kabi kamchiliklari dolzarb bo`lmay 
qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi 


110 
tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo`ladi. Adobe kompaniyasi 
mahsuloti. Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat 
PhotoShopda
, balki boshqa 
ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. 
PhotoShop
bu formatlardan 
tashqari o`zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko`p 
ishlatiladigani 
.psd
kengaytmalisidir. 
Bu 
formatda 
saqlangan 
tasvirda 
PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo`yiladi. Shu sababli, qayta ishlash 
tugallanmagan tasvirlarni shu formatda saqlash va kerak bo`lganda ularni qayta 
ishlashni davom ettirish mumkin.

Download 5,59 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish