• SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/94
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #233393
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

    Gauss taqsimoti
     


    95 
    Bekmen taqsimoti
    bu yerda 
    m-
    sirtning tekis emasligini harakterlovchi daraja, 

    ning qiymati kichik
    bo`lgan sari sirt shuncha tekisroq bo`ladi. R nuqtaga l yo`nalishi bo`ycha 
    tushayotgan yorug`lik nurining aks etishini ko`ramiz. V yo`nalishi bo`yicha aks 
    etuvchi yorug`lik energiyasi qismati topish uchun quyidagi ifoda kerak bo`ladi: 
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1. Nurning yo`nalishini teskari kuzatish deganda nimani tushunasiz.
    2. Nurning yo`nalishini kuzatish asosiy modeli nima.
    3. Gauss taqsimoti tushuntirib bering.
    4. Bekmen taqsimoti tushuntirib bering

    6-modul. Rastrli, vektorli va fraktal grafika dasturiy vositalari bilan ishlash. 
    Kompyuter grafikasi – bu hisoblash tizimlarining dasturiy va apparat vositalari 
    yordamida tasvirlarni hosil qilish va qayta ishlash vositalarini hamda uslublarini 
    o`rganuvchi, informatikaning sohasidir. Kompyuter grafikasi tasvirlarni monitor 
    ekranida yoki nusxa sifatida tashqi tashuvchilar (magnit tashuvchilar, qog`oz, 
    kinoplyonka) da namoyish etishning turli ko`rinishlarini va shakllarini qamrab oladi. 
    Axborotlarni vizuallashtirish insoniyat faoliyatining turli sohalarida qo`llanilmoqda, 
    masalan, kompyuter tomografiyasi, va kemalar korpuslarini modellash, moddalar 
    tuzilishining o`rganish, magnit maydonlarini o`rganish, geologik plastlar, binolarni 
    konstruktsiya qilish, qurollanish, qurilmalar va moslamalar, yer sirtini tadqiq qilish, 
    ob havoni tadqiq qilish. Kompyuter grafikasi kompyuterlar, televizorlar va 
    kinotexnalogiyalar asosida yuzaga keladi.
    (5.4.1)
    (5.4.2)
    (5.4.3)


    96 
    Ma’lumotlarni grafik ko`rinishda tasvirlash kompyuter tizimlarining, ayniqsa
    shaxsiy (personal) tizimlarining eng oddiy texnologiyasiga aylandi. Foydalanuvchi
    grafik interfeysi, bugungi kunda operatsion tizimlardan boshlab boshqa murakkab
    dasturlarining standarti hisoblanadi. Tasvirlarni hosil qilish usullariga qarab 
    kompyuter grafikasi rastrli, vektorli va fraktal grafika turlariga ajraladi.
    6.1-rasm. Kompyuter grafikasi turlari. 
    Tasvirlarni hosil qilishning yana bita qabul qilingan usuli bu - uch o`lchamli
    (3D) grafika. 3D grafika obyektlarni hajmiy (uch o`lchamli) modellarini hosil qilish 
    usullari va vositalarini o`rganadi. [2] 
    Kompyuter grafikasining apparat
    - dasturiy vositalari matematika, fizika, 
    ximiya, biologiya, dasturlashtirishning eng so`ngi yutuqlari asosida ishlab chiqiladi. 
    Rastrli grafikada tasvirlar to`r shaklida joylashgan va piksel deb nomlanuvchi 
    nuqtalardan hosil qilinadi. Rastrli grafikada chiziqlar emas, piksellarning rastr 
    ko`rinishi o`zgaradi. Rastrli grafika ekran sirt birligidagi ruxsat etilgan nuqtalar 
    (piksellar)
    soni bilan xarakterlanadi, ya’ni bunda tasvir ko`p sondagi rangli 
    nuqtalarning jamlanmasidan iborat bo`lib, agar nuqtalar qancha ko`p bo`lsa vizual 
    tasvir shuncha sifatli bo`ladi va tasvir hajmi shuncha katta bo`ladi. Rastrli namoyish 
    etish odatda fotografik tasvirlarni namoyish etganda ko`p sonli detallar va 


    97 
    ranglardan foydalanadi. Ruxsat etilganlik bir dyuym yuzasidagi joylashgan nuqtalar 
    soni bilan o`lchanadi (dpi). Bundan tashqari tasvir sifati, nuqtaning qabul qilishi 
    mumkin bo`lgan ranglari soni bilan ham xarakterlanadi. Rastrli tasvirlar uchun, 
    uzunlik birligidagi nuqtalar sonini ifodalovchi ruxsat etilganlik 
    3 turga
    ega:
    1-original ruxsat etilganligi;
    2-ekrandagi tasvir ruxsat etilganligi;
    3-chop etiluvchi tasvir ruxsat etilganligi. 
    Original ruxsat etilganligi 
    dyuymdagi nuqtalar soni
    bilan aniqlanadi 
    (dots
    perinch-dpi)
    va tasvir sifatiga qo`yilgan talabga, fayl o`lchamiga, kiruvchi
    illyustratsiyani raqamlashtirish usuliga va fayl faoliyatiga bog`liq. Umumiy holda
    quyidagi qoida o`rinli: tasvir sifatiga qanchalik talab katta bo`lsa, originalning ruxsat 
    etilganligi shunga yuqori bo`lishi kerak.
    Tasvirning ekrandagi nusxasi uchun rastrning elementar nuqtasini – 
    piksel
    deb 
    nomlash qabul qilingan. Piksel o`lchami ekran ruxsat etilganligiga (standart 
    qiymatlar sohasidan), original ruxsat etilganligiga va namoyish etish masshtabiga 
    bog`liq. 20-21 dyuym dioganalga ega bo`lgan tasvirlarni qayta ishlovchi monitorlar 
    odatda quyidagi standart ekran ruxsat etilganliklarini ta`minlay oladi: 640x480, 
    800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, 1600x1280, 1970x1200, 1920x1600 
    nuqtalar. Sifatli monitorlarda lyuminoforning 2 ta qo`shni nuqtalari orasidagi 
    masofa 0,22-0,25 mm ga teng bo`ladi. Ekraniy nusxa uchun 72 dpi, rangli lazerli 
    printerda chop etish uchun 150-200 dpi, fotoqurilmaga chiqarish uchun esa 200-300 
    dpi ruxsat etilgan yetarli hisoblanadi.
    Chop etiluvchi tasvir ruxsat etilganligi va miniatura tushunchasi. Xuddi 
    tasvirning asl nusxasi (qog`ozdagi) kabi, ekrandagi nusxasining ham nuqtalari 
    o`lchami, qo`llanilgan usullar va original rastr ko`rsatgichlariga bog`liq. Rastr turi 
    chastotasi, dyuymdagi chiziqlar soni bilan aniqlanadi 
    (linesper inch-Lpi)
    va 
    miniature deb nomlanadi. 
    Rastr nuqtasi o`lchami har bita element uchun hisoblanadi va shu yacheykadagi 
    ton intensivligiga bog`liq. Intensivlik qancha yuqori bo`lsa, rastr elementi 
    shunchalik to`liq qoplanadi. Agar yacheykaga obsolyut qora rang tushsa, rastr 


    98 
    nuqtasi o`lchami–rastr elementi o`lchami bilan mos tushadi. Bu holatda 100%
    to`ldirish haqida gapiriladi. Absolyut oq rang uchun esa to`ldirish (qoplash) qiymati 
    0% ni tashkil etadi. Amaliyotda element to`ldirilganligi 3 % dan 90% gacha bo`lish 
    mumkin. Ton intensivligini 256 bosqichli taqsimlash qabul qilingan. Ko`p sonli 
    gradatsiya esa inson ko`zi bilan farqlanmaydi. Kam sonlisi esa tasvir ko`rinishini 
    yomonlashtiradi. Hisoblash qiyin emaski, tonning 256 bosqichini namoyish etish 
    uchun 256=16x16 ta nuqtali rastr yacheykasiga ega bo`lishi yetarli.
    Tasvirni printerdan yoki poligrafik qurilmada chop etishda, rastr piklaturasi,
    talab qilinuvchi sifat, apparatlar imkoniyati va chop etiluvchi mahsulotlar
    ko`rsatkichlaridan kelib chiqib chop etiladi. Lazer printerlar uchun 65-100 Lpi,
    gazetalar uchun 65-85 Lpi, kitob jurnallari uchun – 85-133 Lpi, badiiy va reklama
    ishlari uchun -133-300 Lpi miniatura taklif etiladi. Tasvir ko`rsatkichlari va fayl 
    o`lchami orasidagi bog`liqlik. Rastrli tasvir fayllari hajmi ruxsat etilganlik ortishi 
    bilan ortib boradi. Uy sharoitida ko`rish uchun mo`ljallangan oddiy fototasvir 
    (10x15sm, ruxsat etilganligi 200-300 dpi, ranglarini ruxsat etilganligi 24 bit), siqish 
    rejimidagi TIFF formatida 4 M bayt hajmni egallaydi, yuqori ruxsat etilganlik 
    qobiliyatiga ega bo`lgan tasvir esa 45-50 M bayt hajmni egallaydi. A4 formatidagi 
    rangli tasvir 120-150 M bayt hajmni egallaydi. Rastrli tasvirlarni masshtablash. [8] 
    Rastrli 
    grafikaning 
    asosiy 
    kamchiliklaridan
    biri 
    bu 
    – tasvirni
    kattalashtirishdagi pikselizatsiyadir. Faqat bitta originalda ma`lum nuqtalar soni 
    bo`ladi, agar tasvir o`lchami kattalashtirilsa rastr elementlari sezilib qoladi, ya’ni 
    tasvir xiralashadi. Piksellashtirishga qarshi jarayon uchun, haqiqiy tasvirni 
    masshtablashtirishda sifatli vizuallashtirish uchun yetarli bo`lgan ruxsat
    etilganlik bilan, oldindan raqamlashtirish qabul qilingan. Boshqa usul,
    berilgan chegarada piksellashtirish effektini kamaytirish imkonini beruvchi, 
    stoxastik rastrlarni qo`llashdan iborat. Ayrim hollarda masshtablashtirishda 
    interpolyatsiya metodi qo`llaniladi, bunda illyustratsiya (tasvir) o`lchami nuqtalar 
    o`lchamining o`zgarishi bilan emas, balki zaruriy oraliq nuqtalarni qo`shish bilan 
    amalga oshiriladi. [1] 


    99 
    Fotograflarning ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqilgan. 
    Ular orasida eng mashhuri 
    Adobe
    kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 
    qo`llab-quvvatlanadigan Photoshop dasturidir. Uning 
    dastlabki versiyasi 1990-yilda 
    yaratilgan bo`lib, hozirgi paytgacha yigirmaga yaqin versiyalari sotuvga chiqarilgan. 
    Ulardan dastlabki yettitasi Adobe PhotoShop 1, 2, ..., 7 nomlari bilan sotuvga 
    chiqarilgan. 2007-yildan boshlab 
    Adobe PhotoShop CS 1, 2, ..., 7 
    versiyalari ishlab 
    chiqilgan 
    (CS-Creative Suite)
    . 2013-yildan boshlab yangi versiyalar 
    Adobe 
    PhotoShop CC 
    (CC - Creative Cloud)
    deb atala boshladi. Ularning versiya 
    nomerlari sifatida ishlab chiqilgan yillari qo`yila boshladi. Hozirgi paytda bu 
    dasturning eng yangi versiyasi 
    Adope PhotoShop CC 2018
    hisoblanadi. Bu 
    dasturlardan dastlabkilari asosan yakka holda ishlagan bo`lsa, ikkinchi guruhida 
    Adobe kompaniyasining boshqa mahsulotlari bilan birga ishlash, ular bilan 
    ma’lumot almashish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Oxirgi guruhga tegishlilarida esa 
    internetda saqlangan tasvirlarni bir paytda turli operatsion tizimlarda ishlaydigan 
    turli kompyuterlar, planshetlar va telefonlardan bir paytda foydalangan holda qayta 
    ishlash imkoniyatlari yaratildi. PhotoShop yordamida quyidagi amallarni bajarish 
    mumkin. Fotosuratning chekka qismlarini va undagi keraksiz obyektlarni olib 
    tashlash, rasm o`lchamini va undagi piksellar zichligini o`zgartirish, rasmning 
    saqlash formatini o`zgartirish, rasmni yoki uning bir qismini boshqa tekislik 
    yoki sirtda ko`rinadigan qilib transformatsiyalash, fotosuratni olish paytida 
    yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, masalan, uni olish paytida ko`p 
    ushlab qolingan, oq rangning balansini o`zgarib ketishi, yorqinlik yoki kontrastlik 
    ko`payib yoki kamayib ketishi oqibatida vujudga kelgan kamchiliklarni bartaraf 
    qilish va yana ko`plab amallari bajarishni PhotoShop yordamida oson amalga 
    oshiriladi. 
    PhotoShopning uskunalar satrida 70 dan ortiq uskuna borligining o`zi 
    ham uning imkoniyatlari qay darajada kengligidan dalolat berib turibdi. Bundan 
    tashqari, PhotoShopda o`nlab 
    palitralar
    bo`lib, ular dasturda ishlashni osonlashtirishi 
    bilan birga, uning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. PhotoShopning filtrlari 
    yordamida suratning o`zini yoki uning bir qismini butunlay qayta ishlab chiqish 


    100 
    mumkin. Natijada fotosuratga qo`llanilgan effektlar uning tanib bo`lmas darajada 
    o`zgarishiga olib keladi. Bunday effektlardan PhotoShopga o`nlab joylashtirilgan. 
    Ranglarni rostlash, oq-qora suratlarga rang berish, aksincha, rangli suratlarni 
    oq-qoraga o`tkazish, fotosuratlarni nashriyotdagi yoki uydagi fotoprinter yordamida 
    chop etishga tayyorlash, fotosuratlarda ko`zlarning qizil rangga kirib qolishini 
    to`g`rilash kabi amallar PhotoShopda oson bajariladi. PhotoShop asosan, tayyor 
    fotosuratlarni qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lishiga qaramay, unda hayotda 
    va tabiatda uchramaydigan yangi fantastik suratlarni yaratishning ham keng 
    imkoniyatlari mavjud. Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida 
    yangisini yaratish paytida ham kerak bo`ladi. Bunda turli suratlarning bo`laklari 
    yangidan yaratilgan suratga joylab chiqiladi. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish