• 6.2. Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash va animatsiya.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/94
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #233393
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1. Adobe Photoshop dasturi. 
    2. PhotoShop dasturining interfeysi.
    3. Asosiy menyu bo`limlari.
    4. Uskunalar satridan foydalanuvchi usullari. 
    5. Chegara chiziqlarni ajratish usullari. 


    103 
    6. Chegara chiziqlarni sifatlash usullari. 
    7. Chiziqlarni segmentatsiyalash doir topshiriq bajaring. 
    6.2. Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash 
    va animatsiya. 
    PhotoShopning 
    uskunalar satrida 23 ta tugma
    bo`lib, ular dastlab bitta ustun 
    ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo`shaloq 
    uchburchak ko`rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko`rinishida joylab 
    chiqish mumkin. Yangidan paydo bo`lgan qo`shaloq uchburchaklarni yana bir marta 
    bosib, uskunalar satrini avvalgi holatiga qaytarish mumkin. 
    6.2.2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri. 
    Uskunalar satri
    to`rt qismga ajratilgan
    bo`lib, ularning birinchisida oltita, 
    ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to`rtta, to`rtinchisida esa beshta tugma 
    joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna 
    mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko`p bo`lib, odatda, bitta 
    tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo`ladi. Agar uskuna tugmasining 


    104 
    o`ng quyi burchagida qora uchburchak bo`lsa, bu tugma ostida bir nechta 
    uskuna borligini bildiradi. 
    Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o`ng tugmasini bossak, bu 
    tugmaga mos keladigan uskunalar ro`yxati paydo bo`ladi va ulardan keraklisini 
    tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir 
    klavisha mos qo`yilgan bo`lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu 
    tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan 
    foydalanib bo`linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo`lsada, 
    dastlab unga moslashish qiyin kechadi.[8] 
    Shuning uchun uskunadan foydalanib bo`lgach, darhol 
    Рука (Dasta)
    uskunasini 
    tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar satrining to`rtinchi bo`limida 
    birinchi 
    bo`lib joylashgan
    . U ishchi sohaga sig`maydigan katta o`lchamli tasvirning kerakli 
    qismiga o`tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy joyida 
    sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo`nalishda sudrash yetarli. 
    Asosiysi, 
    bu 
    uskuna 
    tasvirga 
    hech 
    qanday 
    o`zgarish 
    kiritmaydi. 
    Palitra deb
    rassomlar bo`yoqlarni aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga 
    aytiladi. Uskunalar satrida 
    70 dan
    ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham 
    PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalarning keng 
    imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo`yoqlarni 
    surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga 
    kerakli palitralami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish 
    mumkin.Palitralar ilova oynasining o`ng tomonidagi palitralar sohasida joylashgan 
    bo`lib, muloqot oynalariga o`xshab ketadi. Lekin ulardan farqli ravishda 
    palitralardan keraklilarini ekranga o`zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo`yamiz. Bu 
    palitralar yigirmadan ortiq bo`lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan 
    bo`ladi. Ba’zi uskunalarning o`z palitralari bor, ba’zilari esa unchalik murakkab 
    bo`lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar satri yetarli. Ba’zi palitralarda yangi 
    uskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palitralarini yangi 
    uskunalar deb qarash mumkin. [7] 


    105 
    Ba’zi palitralarni PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, 
    Слои
    (Qatlamlar), 
    Каналы
    (Kanallar), 
    История
    (Oxirgi amallar) palitralari 
    PhotoShopning o`ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasavvur 
    ham qilib bo`lmaydi. Palitralardan keraklisini ekranga chiqarish uchun asosiy 
    menyuning 
    Окно
    (Oyna) bo`limidan foydalaniladi. Undagi bandlarning ba’zilarida 
    bayroqchalar o`rnatilgan va bu palitralar ekranda ko`rinib turadi. Agar kerakli palitra 
    ustida sichqonchaning chap tugmasini bossak, uning bayroqchasi o`rnatiladi va u 
    ekranda paydo bo`ladi. Tanlangan band ustida sichqonchaning chap tugmasini yana 
    bir marta bossak, bayroqcha olib tashlanadi va palitra ham ekrandan olib tashlanadi. 
    Misol uchun, 
    Навигатор
    (Yo`naltiruvchi) palitrasini ekranga chiqaraylik. Uning 
    yordamida rasm masshtabini o`zgartish mumkin.
    6.2.3-rasm. PhotoShop dasturining 
    Окно 
    (Oyna) bo`limi. 
    Bu palitra 
    Гистограмма
    (Gistogramma) palitrasi bilan birgalikda ishlatiladi. 
    Uning 
    o`ng 
    yuqori 
    burchagidagi 
    ikki 
    tugmadan 
    chapdagisi 
    palitrani 
    yashirish, o`ngdagisi ekrandan olib qo`yish uchun xizmat qiladi. Ularning 
    ostidagi 
    tugma 
    palitraning 
    menyusini 
    ochish 
    uchun 
    xizmat 
    qiladi. 
    Palitraning o`lchamlarini o`zgartirish uchun o`ng quyi burchagini sichqoncha 
    yordamida 
    sudrash 
    kerak 
    bo`ladi. 
    Palitra 
    oynasining 
    yuqorisidagi 
    sarlavha satrini sichqoncha bilan sudrab, oynani ekranning boshqa joyiga 
    olib o`tish mumkin. Palitra oynasining pastki qismidagi surgichning ko`rsatkichini 
    sichqoncha 
    yordamida 
    chapga 
    sudrab 
    rasm 
    masshtabini 
    kamaytirish, 


    106 
    o`ngga sudrab kattalashtirish mumkin. Surgichning o`ng tomonidagi tugma 
    masshtabni kattalashtiradi. Chap tomonidagisi esa kichiklashtiradi. 
    Rasmning ishchi sohada ko`rinadigan qismi qizil ramkaga olib qo`yiladi. 
    Ramkani sichqoncha bilan sudrab tasvirning ishchi sohadagi qismini surish 
    mumkin. 
    6.2.4-rasm. Rasmning ishchi sohasi. 
    Masshtabni o`zgartirishning
    boshqa usullari ham mavjud. Ulardan eng 
    osoni klaviaturadagi qo`sh tugmalardan foydalanishdir. 
    Ctrl+"+"
    (Ctrl va 
    + tugmalarini bir paytda bosish) masshtabni kattalashtiradi. 
    Ctrl+"-"
    esa masshtabni 
    kamaytiradi. Dastak uskunasini ikki marta bosib, rasmni ishchi sohani to`liq 
    egallaydigan qilib, masshtab uskunasini ikki marta bosib, 100% masshtabda rasmni 
    ekranga chiqarish mumkin. Masshtab ekranning quyi qismidagi holat satrida ham 
    ko`rsatiladi. Uni sichqoncha bilan tanlab, kerakli masshtabni kiritish 
    mumkin. 
    Masshtab uskunasi ham rasm masshtabini o`zgartirish uchun xizmat 
    qiladi. Sichqonchani bir marta bosib uni tanlaganimizda parametrlar satrida uning 
    parametrlari 
    paydo 
    bo`ladi. 
    Undagi 
    kerakli 
    tugmalar 
    yordamida 
    masshtabni o`zgartiramiz:
    6.2.5-rasm. Masshtabni sozlash satri. 
    Ba’zi uskunalarda ular bilan ishlashni tugatmay turib, boshqa uskunani, shu 
    jumladan masshtab uskunasini tanlab bo`lmaydi. Bunday paytda 
    Ctrl


    107 
    va 
    Alt
    tugmalaridan foydalanish mumkin. 
    Ctrlni
    bosib turib, sichqonchani 
    ishchi sohada bir marta bossak, masshtab kattalashadi. 
    Alt
    tugmasini bosib 
    turib, sichqonchani bossak, masshtab kichiklashadi. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish