128
Hosil bo`lgan muloqot oynasidagi birinchi surgichni surib, qalamning
qalinligini o`zgartirish mumkin. Ikkinchi surgich qalamning yumshoq va qattiqligini
o`zgartiradi. Uni chapga sursak, qalamning qattiqligi oshadi, o`ngga sursak, qalam
yumshoqroq bo`ladi. Qalam bilan chiziq chizish uchun sichqonchaning chap
tugmasini bosib, u suriladi. Bunda to`g`ri chiziq kesmalarini chizish juda qiyin. Agar
qalam yordamida kesma chizish kerak bo`lsa, Shift tugmasini bosib turib,
kesmaning uchlari bo`lishi kerak bo`lgan joy da sichqonchaning chap tugmasini
bosish kerak bo`ladi.
Shift
tugmasini va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib,
sichqonchani harakatlantirsak, harakat yo`nalishiga qarab vertikal yoki gorizontal
kesmalar chiziladi. Agar
Ctrl
tugmasi bosilsa, chizilgan chiziqni siljitish mumkin
bo`ladi (siljitish uskunasi vaqtincha ishga tushadi).
Alt
tugmasi esa tomizg`ich
uskunasini vaqtincha ishga tushiradi.
Alt
ni bosib turib, tasvirning biror joyiga
sichqonchani olib kelib, chap tugmasi bosilsa, shu nuqtaning rangi asosiy rang
sifatida tanlanadi va keyingi chiziqlar shu rangda chiziladi. Qalam yordamida
chiziqlar chizishdan tashqari, uning shaklini o`zgartirib, tasvirga turli shakllarni
joylash mumkin. Masalan, yuqoridagi rasmda keltirilgan muloqot oynasining pastki
qismidagi maydonchaning vertikal surgichni pastga sursak, unda qalamning yangi
shakllari paydo bo`ladi. Undan maysa yoki barg shaklidagi qalamni tanlab, tasvirni
osongina maysalar va barglar bilan to`ldirish mumkin.