O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti




Download 3.91 Mb.
bet9/29
Sana01.08.2021
Hajmi3.91 Mb.
#16551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
2.4 Model ko’rinishi va tavsifi.

1- model

Men tanlagan ushbu model o`smir yoshdagi qizlar sport uslubidagi kostyum hisoblanib baxor-kuz mavsumida kiyishga mo’ljallangan. Ushbu model uchun paxta-lavsanli jinsilik gazlama tanlangan. Model yoqa, yeng, planka, old, ort, qoplama cho’ntak va listichkali cho’ntak detallardan tashkil topgan.

Yoqasi qaytarma yoqa. Old bo`lagi- koketka va old o`rta va old yon bo`laklardan
iborat. Old taqilmasi chaqiqli tugmadan iborat. Old bo`lak ko`krak qismida qoplama cho`ntak, bel qismida qirqma listochkali cho`ntak mavjud.

Ort bo`lagi koketka,ort o`rta bo`lak,ort yon bo`lakdan iborat.

Yengi o`tqazma yengdan iborat bo`lib yeng uchi manjetdan iborat.

Etak qirqimiga manjet bilan ishlov berilgan.



Model rangi va bichimi zamonaviy ko’rinishda bo’lib, istemolchi talabiga to’la javob beradi.


2-model

O`smir yoshdagi qizlarning sport uslubidagi kostyumi uchun tanlangan 2-model molniya taqilmali old ort bo`lak va yengdan iborat. Yengi o`tqazma bo`lib, uzun. Kiyim uzunligi bo`ksadan pastroqda. Silueti to`g`ri bichimli. Old bo`lakda qirqma listochkali yon cho`ntak mavjud.



Ort bo`lak o`rta chokli. Yoqasi tik yoqa. Barcha biriktirilgan choklar bezak chok bilan bostirilib tikilgan. Model zamonaviy qizlarning barcha talablariga to’la javob berib, ularni yengil va qulay harakatanishiga yordam beradi.

3-model.

Tanlangan uchinchi model tikilish va detallari soni jihatidan birinchi modelga o`xshash. Bu model ham jinsilik matosidan tikilgan. Old bo`lak taqilmasi chaqiqli tugmadan iborat. Taqilmasi esa tugmadan iborat. Yengi uzun o`tqazma yengli. Yeng uchiga planka bilan ishlov berilgan. Yeng uchi plankasiga chaqiqli tugma o’rnatilgan. Old bo`lak ko`krak qismi qoplama cho`ntakli bo`lib, cho`ntak qopqog`i chaqiqli tugma bilan maxkamlanadi. Model old bo’lak ko’rak qismida qoplama cho’ntak mavjud. Bu model ham baxor-kuz mavsumida kiyishga mo’ljallangan bo’lib, silueti to’g’ri bichimli. Etak qismiga huddi yeng kabi ishlov berilgan.




Download 3.91 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Download 3.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti

Download 3.91 Mb.