Tikuvchilik mahsulotlarini rivojlanishi




Download 3.91 Mb.
bet7/29
Sana01.08.2021
Hajmi3.91 Mb.
#16551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
2.2. Tikuvchilik mahsulotlarini rivojlanishi

Dunyo tikuv bozorida yildan yilga yangi yangi modeldagi tikuv buyumlari ko`payib, istemolchilar talabini qondirishga harakat qilinmoqda. Sohamizning asosiy rivojlanish yo`nalishini kiyim modasi belgilaydi. Jamiyatni bosqichma bosqich va muntazam rivojlanish jarayonida taroqqiyot samarasini oshirish ilmiy texnika taraqqiyotini ro’li judas katta. Bunda asosiy ko’zda tutilgan maqsad korhonalarni mehnat unumdorligini oshirish ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, qo’l mehnatini kamaytirish, yangi zamonaviy tikuv mashinalarini tadbiq qilishdan iboratdir.

Mamlakatimmiz iqtisodiy qudratini oshirish uchun ishlab chiqarishni hamda tikuvchilik mahsulotlarini rivojlantirish, tarmoqlarni kengaytirishni taminlash ishlab chiqarishni yangi shakllarini qo’llash va shu yo’l bilan yengil sanoat korhonalarni samaradorligini oshirish dasturi amaldadir.

Tikuvchilik sanoatida quriladigan masalalarni yechishda kiyimni ommaviy va ilmiy jihatdan konstruksiyalash ishi yetakchi o’rinni egallaydi. Chunki loyihalashni shu bosqichida kiyimni va uni sifatiga qo’yiladigan barcha ijtimoiy va texnik – iqtisodiy talabalar to’liq hisobga olinishi kerak

Respublikamiz taraqqiyoti hozirgi bosqichi har qaysi soha oldiga miqyosi beqiyos yangi masalalarni qo’ydi. Yengil sanoat hodimlari korhonalarni qayta qurish, uskunalarni zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish kompleks mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, yuqori sifatli bejirim kiyimlar ommaviy turlarini tikadigan yuksak unumli, tez qayta moslashuvchi yangi patok liniyalarini qurish yo’li bilan ishlar tubdan yaxshilanib bormoqda.

Tikuvchilik sanoatida bu vazifalarni bajarish uchun avvalo texnologiyalarni takomillashtirish talab qilinadi. Yangi kam operatsiyali yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’nalish hisoblanadi.

Kiyimni, kiyim detallarini va uzellarini konstruksiyasida choklarni iloji boricha kamaytirish, namlab isitib ishlov berish usullarini vibromaniken singari bir jarayonli turlarida materiallariga ularni termoplastik hususiyati hisobiga shakl berish, biriktirish, masalan: mag’iz, yelim materiallaridan keng foydalanish ana shunday kam operatsiyali texnologiyaga kiradi. Kiyim sifatini yaxshilash uchun kimyoviy materiallarniyangi turlaridan foydalanish kerak bo’ladi. To’qimachilik va trikotaj, su’niy mo’yna, su’niy teri, su’niy zamsha, su’niy gazlama va su’niy trikataj, plyo’nka qoplangan materiallar noto’qima gazlamalar, yelim qoplangan maxsus qotirmalar hilma-hil furnituralar va boshqalar kiradi. Parallel ishlov beruvchi uskunalarda ultratovush yordamida payvandlash sintetik materiallardan va sintetik tola aralash materiallardan tayyorlanadigan kiyim detallarini biriktirishning samarali usulidir.

Bugungi kunda tikuvchilik mahsulotlarini rivojlanishi uchun o'z hissasini qo'shayotgan tikuvchilik korxonalari ko'payib bormoqda. Birgina Namangan viloyatining o`zida yuzdan ortiq korxonalari samarali misol faoliyat ko`rsatmoqda, ular sirasiga “Iftixor kiyim sanoat” MChJ, “Istiqlol”, “Asror textile”, “Dilrabo SD”, “Style textile”, “Olis koinot” va boshqa ko`plab ilg`or korxonalarni misol keltirishimiz mumkin[3]

Kiyimni konstrutsiyalash jarayonini takomillashtirish hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoati oldida turgan juda muhim masalalardan biridir.

Ilgarilari kiyimni konstrutsiyalash deganda uning detallar chizmasini tushinilar edi. Aslida, kiyim-kechak ko’plab ishlab chiqarilishi va ilmiy tadqiqot ishlari avj olishi natijasida konstrutsiyalash jarayonining mohiyati va mazmuni to’g’risidagi fikirlar o’zgardi.

Maishiy xizmat sistemasida kiyim loyihalash o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Kiyimni loyihalash ishining asosini model tuzish va konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqarish tashkil etadi. Modellashtiruvchi tashkilotlar bu model va hujjatlarni modelning yo’nalishiga hamda axolining talabiga qarab va yakka buyurtma tarkibiga kiyim tikadigan barcha korxonalar maksimal ravishda foydalana oladigan qilib tuziladi.

Ishlab chiqarish sistemasida kiyim loyihalash jarayoni uch bosqichni o’z ichiga oladi. Kiyim tikish bosqichda modellashtiruvchi bosh tashkilot har yili hamda kiyim loyihalashda muhim metodik ma’lumotlarni tayyorlaydi. Modaning yo’nalishi bo’yicha modaga mos formadagi va bichimdagi kiyimlarni loyihalash hamda tikishni o’ziga xos tomonlari to’g’risida yangi materiallardan foydalanish haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqadi. Shuningdek baza konstruktorlik hujjatlarini va rassom ishi papkasini na’munasini tayyorlaydi, hamda bu mateiallarni korxonaning eksperimental xizmat mutaxassislariga etkaziladi.

Ikkinchi bosqich- korxonani eksperimental xizmat xodimlari modellashtiruvchi bosh tashkilotdan olingan materiallarga asoslanib kiyimlarni modaga mos modellari kollektsiyasini tuzdi. Kollektsiyaga kiritilgan modellar uchun konstruktorlik hujjatlari tayyorlanadi. Yaratilgan modellarning eskizlari rassom papkasiga joylashtirib ularni ishlab chiqarish uchastkalariga tarqatadi. Hamda mutaxassislarga ilg’or ish metodlarini va kiyim bichishning yangi usullarini o’rgatadi.

Uchinchi bosqichda ishlab chiqarish uchastkalari sharoitida muayyan gavda uchun andoza tayyorlanadi. Bunga rassomning xizmati mutaxassislardan olingan konstruktorlik hujjatlaridan foydalaniladi.

Sohani yanada rivojlantirish maqsadida 2013 yilda 30 ta korxona ishga tushirilishi, 76 ta hududiy investitsion loyihaning amalga oshirilishi va barcha tumanlarda 1160 ta tikuvchilik tsexi tashkil etilishi kutilgan edi va bunga erishildi.



Download 3.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Download 3.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuvchilik mahsulotlarini rivojlanishi

Download 3.91 Mb.