|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 155/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuagenetik kodominantlik
deb nomlanadi.
Allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri 3 xil bo‘ladi. Bular
komplementar
,
epistaz
,
polimyeriya
.
Genlarning o’zaro komplementar ta’siri
Komplementar so‘zi inglizcha “
complement”
— to’ldirish degan ma’noni anglatadi. Allel
bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri komplementar xilining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, F
1
duragayda chatishtirishda qatnashgan ota yoki ona belgisi emas, balki yangi belgi rivojlanadi.
Belgining rivojlanishiga ta’sir etuvchi allel bo‘lmagan genlarning qimmati bir xil emasligi tufayli
F
2
avlodida belgilarning rivojlanishi turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
F
2
da belgilarning nisbatini 9:3:3:1 sxemada bolishi.
Bunga misol tariqasida
xoldor
to‘tilarni
chatishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba natijasini keltirlarniz. Qush boquvchilarga tanish
bo‘lgan xoldor to‘tilarning pati 4 xil: havorang, sariq, yashil va oq rangda bo‘ladi.
Agar
havorang
urg‘ochi to‘tilar
oq patli
erkak to‘tilar bilan chatishtirilsa, F
1
dagi erkak va
urg‘ochi to‘tilarning pati havorang bo‘ladi. Mabodo F
1
dagi erkak va urg‘ochi to‘tilar o‘zaro
chatishtirilsa F
2
da 75% havorang, 25% oq rangli to‘tilar rivojlanadi. Bundan ikki xil xulosaga
kelish mumkin.
1-xulosa.
To‘tilarda pat rangini ifoda qiluvchi genlar jinsiy xromosomalarda emas, balki
autosomalarda joylashgan.
2-xulosa.
Patning ikki xil rangda bo‘lishi bitta genning ikki xil allel holatiga bog‘liq.
Xuddi shunday natija sariq rangli to’tilarni oq rangli to‘tilar bilan chatishtirganda ham
olinadi. Yuqoridagi ikki xil chatishtirish tafsiloti tubandagicha yoziladi.
|
| |