34 - rasm. Itlarda yung rangining irsiylanishi (epistaz): A — qora, a — qo‘ng‘irrang, I —
rang hosil qiluvchi gen faoliyatini to‘xtatuvchi, i — rang hosil qiluvchi gen faoliyatini to’xtatmaydigan
gen.
Retsessiv epistazda retsessiv genlar gomozigota holatda belgini bevosita rivojlantiruvchi
dominant genlar faoliyatini bo‘g‘adi. Retsessiv epistaz bir tomonlama yoki ikki tomonlama
bo’ladi. Bir tomonlama epistazda chatishtirishda qatnashgan bir organizmning retsessiv ingibitor
genlari gomozigota holatda boshqa allel bo‘lmagan dominant gen ta’sirini to‘xtatadi.Chunonchi genotip
jihatdan farqlanuvchi fenotipi o’zaro o‘xshash
oq rangli piyozboshllarni chatishtirsak F
1
da oq
piyozbosh, ularning o‘zaro chatishishidan F
2
da 13/16 oq, 3/16 rangli piyozbosh hosil bo‘ladi (35-
rasm).
35-rasm. Piyozboshlarda kriptomyeriya tufayli belgining irsiylanishi. Retsessiv genlar gomozigota holatda chatishtirishda qatnashayotgan ham changchi ham
urug‘chi organizmdagi allel bo‘lmagan dominant gen faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Bu
hodisa
ikki tomonlama retsessiv epistaz deb nomlanadi.
Komplementar irsiylanishdagi ko‘rib chiqilgan ikkita genotipi har xil, lekin fenotip jihatdan
o‘xshash yumaloq formali mevaga ega qovoqlarni chatishtirish bunga yorqin misoldir. Mazkur misolda
yumaloq qovoqning bir xilida genotip AAbb, ikkinchisida esa aaBB edi. Ularni chatishtirish
natijasida hosil bo‘lgan birinchi avlodda qovoq mevasi gardishsimon shakldadir. Binobarin A - geni
bb gen, B-geni aa geni bilan genotipda birgalikda bo‘lgan taqdirda gomozigota retsessiv
genlarning dominant genlarga ta’siri tufayli yumaloq mevaga ega qovoqlar rivojlanadi. Retsessiv
genlar geterozigota holatda bo‘lganda esa A-Bb va AaB- genlar o‘zaro ta’siri oqibatida
gardishsimon qovoq mevasi rivojlanadi.
Retsessiv epistazga tabiatda uchraydigan ba’zi bir g‘ayri tabiiy hodisalarni ham misol
sifatida olish mumkin. Birinchi misol odam tyerisining qon rangi P
2
P
3
P
4
genlar faoliyati tufayli
rivojlanishi. Lekin bu poligenlar genotipda retsessiv “aa” genlar gomozigota holatda bo‘lganda fenotip
bo‘yicha o‘z ta’sirini namoyon eta olmaydi. Chunki aa genlar ingibitorlik rolini o‘taydilar. Ikkinchi
misol. Odamlarda 4 xil qon guruhi bo‘lib, uning antigenlar 00-I, AA A0-II, BB, BO-III, AB-IV
hisoblanadi. Lekin A-B dominant genlar o‘z faoliyatini genotipda hh ingibitor genlar
bo’lmagandagina bajaradilar. Aks holda
hh gomozigota holatda yuqoridagi A-B genlar faoliyatini
bo’g‘adilar, oqibatda II, III, IV qon guruhlari o‘rniga odamlarda birinchi qon guruhi rivojlanadi.
Mazkur hodisani Hh ingibitorli IV qon guruhiga ega odamlar nikohidan tugilgan farzandlar misolida
ko‘rish mumkin (3-jadval).
3-jadval
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, I
A
I
A
, I
B
I
B
, I
A
I
B
antigenlarga ega farzandlarda ikkinchi,
uchinchi, to‘rtinchi qon guruhi emas, balki retsessiv hh genlarning gomozigot holati
tufayli birinchi qon guruhi rivojlangan.