4. Genlarning pleyotrop ta’siri belgilarning irsiylanishi. Letal va modifikator genlar.
Pleyotropiya.
Pleyotropiya allel bo’lmagan genlarni o‘zaro ta’sirining teskari
hodisasidir. Agar allel bo’lmagan genlarning o‘zaro ta’sirida ularning ikki, uchtasi bir
belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatsa, pleyotropiyada aksincha, bir gen bir vaqtning
o’zida bir necha belgining rivojlanishini ta’minlaydi. Masalan,
shyerozi qo‘y
zotida A
dominant geni yungning kulrang,
a
geni esa qora rangda bo‘lishiga ta’sir qiladi. A geni
gomozigota - AA holatda bo’lsa qo‘zichoqlar o’lik tug’iladi. Binobarin, AA geni
qo‘zichoqlar yungi kulrang bo‘lishini ta’minlab, ayni vaqtda ularning yashab qolishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha aytganda