36-rasm.
Bug‘doy donining rangini irsiylanishi (kumulyativ polimyeriya).
Agar genotipda A
1
A
1
A
2
A
2
bo‘lsa don qizil, uchta dominant gen bo’lsa och qizil, ikkita
dominant gen bo’lsa pushti, bitta dominant gen bo’lsa och pushti, genotipda dominantgen
boimasa a
1
a
1
a
2
a
2
bug’doy oq rangda bo’ladi. Genotipda dominant genlar qanchalik soni ko‘p bo’lsa,
rang shunchalik ko‘proq namoyon bo’ladi, ya’ni dominant genlar soni ko’paygan sari ularni belgini
namoyon bo‘lishiga ulushlari qo‘shilib boradi.
Bug‘doy doni po‘stlog‘ining rangini F
2
da namoyon bo‘lishi fenotipik jihatdan 1:4:6:4:1
sxemada bo‘ladi. Agar belgining rivojlanishi uch xil dominant allel bo‘lmagan genlarning ta’sirida
amalga oshsa F
2
da fenotip 1:6:15:20:15:6:1 sxemada xilma-xillik beradi (36-rasm).
Kumulyativ polimyeriyada
transgressiya
hodisasi kuzatilishi mumkin. Transgressiya
deyilganda ota-onadagi belgiga nisbatan duragaylarda biror-bir belgini o‘ta rivojlanib yoki susayib
ketishi tushuniladi. Masalan:
F
2
dagi hosil bo’lgan xilma-xil formallarni ichida barcha dominant genli A
1
A
1
A
2
A
2
formada
ijobiy transgressiya, barcha retsessiv genli a
1
a
1
a
2
a
2
formada salbiy transgressiya namoyon bo’ladi.