• Somatik geterozis o‘simlikning vegetativ organlarining kuchli rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. 3. Adaptiv yoki moslashuvchan
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet173/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Somatik geterozis
    o‘simlikning vegetativ organlarining kuchli rivojlanishiga sababchi
    bo‘ladi. 
    3.
    Adaptiv 
    yoki 
    moslashuvchan
    geterozis
    esa duragaylarning hayotchanligini oshiradi. 
    Tabiiy ravishda duragaylarda geterozis ularni hosil qilish uchun tanlangan ota-ona
    organizmlarga hamda sharoitning qulay bo‘lishiga bog‘liq. 
    Geterozis faqat F
    1
    da bo‘lib, uni kelgusi avlodlarga berish hali o‘z yechimini topgani yo‘q.
    Geterozis faqat o‘simliklarni vegetativ, ya’ni qalamcha, tugunak va piyoz ko‘paytirilgandagina 
    avloddan-avlodga berilishi mumkin. Geterozis faqat o‘simliklarda emas, hayvonlarni ham 
    chatishtirganda namoyon bo‘ladi. Masalan,
    leggorn
    zotli tovuqlarning inbred liniyalarini
    chatishtirishdan olingan F
    1
    duragay tovuqlarda chatishtirishga qatnashgan tovuqqa nisbatan tana
    og‘irligi 130 gr, tut ipak qurti kapalaklarini har xillarini chatishishidan olingan kapalak 
    pillalarining ipak berishi 10-15% ortganligi aniqlangan. Geterozisning sababini biokimyoviy yo‘l 
    bilan tadqiq qilish yo‘li o‘rganilganda duragay organizmlarda ba’zi fermentlar faolligi osh-ganligi
    ma’lum bo‘ldi. 
     
    3.Turli xil chatishtirishda geterozis hodisasining kelib chiqishi
    va 


     ulardan amaliyotda foydalanish 
     
    Geterozis hodisasi chorvachilik va o‘simlikshunoslik tajribasida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa,
    chetdan changlanadigan o‘simliklardan, masalan, makkajo‘xoridan yuqori hosil etishtirishda 
    geterozisdan foydalaniladi. Geterozis hodisasini o‘z-o‘zidan changla-nuvchi o‘simliklarda ma’lum 
    darajada boshqarish mumkin. 
    O‘z-o‘zidan changlanuvchi liniyalarni ishlab chiqarishda birdaniga ishlatib bo‘lmaydi. Ular
    o‘zaro chatishtirilib geterozis duragay olishda ishlatiladi. Duragay urug‘ olish uchun avval eng
    yaxshi navlardan inbred liniyalar tanlab olinadi. Inbred liniyalar har bir navning o‘simliklarini 6-7 
    bug‘in davomida o‘z changi bilan changlatishi natijasida hosil qilinadi. Shu yo‘l bilan bir navga oid
    bo‘lgan o‘simliklarning bir xilda, ya’ni gomozigoga bo‘lishi ta’minlanadi. Inbred liniyalar olishda
    tanlash
    usulidan foydalaniladi. Olingan ikkita inbred liniyani o‘zaro chatishtirishda (AxB) 
    liniyalararo duragay vujudga keladi. Birinchi bo‘g‘in liniyalararo duragaylarning foydasi ulardagi
    geterozis darajasi bilan baholanadi. 
    Keyingi vaqtlarda makkajo‘xorining liniyalararo (oddiy) duragaylari urug‘i ishlatil-maydigan
    bo‘ldi, chunki bunday urug‘larga nisbatan qo‘sh (A+B) x (S+D) liniyalararo duragaylarni
    chatishtirishdan olingan duragaylar xo‘jalikda katta ahlarniyaga ega ekan. Duragay urug‘larini ekish
    hisobiga makkajo‘xorining hosildorligi 25-35% gacha, ba’zi o‘simliklarda (bodring, pomidorda) 40-
    50% gacha ortadi. 
    Chorvachilik tarixida dastlab ingliz fermyeri zavodchilari 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish