R.Bexvelli va aka-uka
Kollinglar qarindosh juftlashdan ustalik bilan foydalandilar. Ular
lester qo‘y zotini va qoramolning
shortgorn va
gerefort zotlarini yaratishda isbotlangan. Qarindosh bo‘lmagan hayvonlarni o‘zaro juftlashda inbred
depressiyaga qarama qarshi xususiyat geterozis kelib chiqadi. Geterozis yoki duragaylik quvvati qadim
zamonlardan beri ma’lum. Masalan, xachir, ot, eshakka nisbatan qariyib 2 baravar uzoq yashaydi va
juda kuchli hamda chidamli hayvon hisoblanadi.
Geterozisning bioximik va fiziologik tabiati, moddalar sintezining yuqori darajasi bilan bog‘liq.
Geterozis har qanday chatishtirishdan ham kelib chiqavermaydi. Bunda chatishtirilayotgan zot yoki
liniyalarning o‘zaro moslashganligi muhim ahamiyatga ega. Geterozis chorvachilikning hamma
tormoqlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Undan foydalanish chorvachilik tarmoqlarida sanoat
chatishtirishning asosi bo‘lib kelmoqda.
Sanoat chatishtirishi parrandachilikda, ayniqsa 70-90 kunligida so‘yiladigan go‘sht
yo‘nalishidagi jo‘ja xo‘rozlar (broylyerlar) ni etishtirishda keng qo‘llanilmoqda. Angliyada 50 foizga
yaqin, AQSHda - 70, Gollandiyada - 76 va Avstraliyada qariyib 100 foiz parranda go‘shti duragay
jo‘jalardan, ya’ni sanoat chatishtirishi qoramol go‘shti gegyerozis yordamida olinadi. Sanoat
chatishtirishi qoramol go‘shti etishtirishda ham keng qo‘llanilmoqda.
Turlararo yoki avlodlarora duragaylashdan olingan hayvonlarda ham geterozis xodisasi kuchli
bo‘ladi. O‘rta Osiyo Respublikalarida zebra bilan qora-ola, shvits bilan krasnostep zot hayvonlari
orasida ko‘p miqdorda duragaylar olingan. Bu duragaylarning sut mahsuloti, sutining yog‘liligi sof zot
hayvonlarga nisbatan yuqori bo‘lib, issiq iqlimga va qon parazit kasllliklarga chidamlidir.