plazmon , yadrodagilar esa  genom




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

plazmon
, yadrodagilar esa 
genom
deb yuritiladi. Irsiy 
belgilarni yuzaga chiqaruvchi xromosomadagi genlar singari plastidalarda va mitoxondriyada ham irsiy 
belgilarpi yuzaga chiqaruvchi plazmogenlar mavjud. O‘z tabiatiga ko‘ra plozmagenlar har xil bo‘lib, 
ikkita guruhga bo‘linadi: DNK si bo‘lgan organizmlardagi (plastida, mitoxondriya) va 2) yuqumli omil 
yoki hujayra bilan hamkorlikda yashovchilardagi (plazmidalar, episomalar, viruslar) plazmogenlarga 
bo‘linadi. Bu ikkala xil plazmogenlar o‘z xususiyatlari bilan yadrodagi genlarga o‘xshash bo‘lib, 
ko‘pgina fermentlarning sintezini boshqarib, qator irsiy belgilarning yuzaga chiqishini ta’minlaydi. 
1.
Plastidalarda DNK, RNK va ribosoma ularning stroma qismida joylashgan DNK molekulasi 
xalqa shaklida bo‘lib, ularda xromasomada bo‘ladigan oqsillar uchramaydi. Har bir xloroplastda 3 tadan 
30 tagacha bir xildagi DNK molekulasi uchraydi. DNK molekulasi mitoxondriyalarning DNK siga 
qaraganda uzunroq bo‘lib, 160 mkm gacha etadi va mitoxondriyalarning DNK siga qaraganda ko‘proq 
axborotga ega bo‘ladi. Xloroplastlarning DNKsida 80 ga yaqin har xil oqsil sintezini boshqaruvchi 
plazmogenlar bor.
Har bir mitoxondriyada odatda uncha katta bo‘lmagan, ya’ni kattaligi viruslarning DNK siga 
teng keladigan 2-6 ta xalqasimon DNK molekulari bo‘ladi. Mitoxondriyada eng muhim jarayonlar 
mitoxondriyaning o‘zidagi DNK molekulari orqali boshqariladi. 
2.
Bakteriyalar sitoplazmasida xalqasimon qo‘sh zanjirli holatda DNK, ya’ni plazmida bo‘ladi. 
Bakteriyalardagi plazmidalarni uchta turga ajratish mumkin: a) G‘-omilli, b) R-omilli, v) kolitsinogenli. 


Bakteriyalar sitoplazmasida 
G‘
-omil bo‘lsa, erkak, G‘- omil bo‘lmasa urg‘ochi hisoblanadi. Bu 
omillar bir-biriga o‘tishi mumkin. 
R
-omil ko‘pincha kasallik tarqatuvchi bakteriyalar sitoplazmasida 
uchraydi va antibiotiklar ta’sirida ham bu bakteriyalar o‘lmaydi, chunki bu omil bakteriyalarning har xil 
antibiotiklarga qarshi chidamligini oshiradi. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish