|
Geterozisni saqlab qolish muammolari va geterozis nazariyasi Pdf ko'rish
|
bet | 177/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaGeterozisni saqlab qolish muammolari va geterozis nazariyasi
Hozirgi vaqtda seleksiyaning asosiy vazifasi geterozisni duragay organizmlariing keyiigi
bo‘g‘inlarida ham saqlab qolishdan iborat. Bu borada ba’zi bir bir fikrlar ilgari surilmoqda. Masalan,
geterozis xususiyatiga ega bo‘lgan va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarni (ba’zi bir o‘simliklar
uchun mumkin bo‘lgan) apomiksis yo‘l bilan ko‘payadigan qilish va geterozisli diploid duragaylarni
poliploid holatga o‘tkazish mumkin. Ana shular amalga oshirilsa, geterozigoga kombinatsiyasi uzoq
saqlanishi mumkin.
Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan o‘simliklarda, jinsiy yo‘l bilai olingan duragaylarda vujudga
kelgan geterozis duragayini vegetativ ko‘paytirish usuli bilan saqlash mumkinligi aniqlandi.
Geterozisning genetik mexanizmi hali muammo masala bo‘lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda
geterozisning vujudga kelishi sabablari tushuptiriladigan uchta gipoteza bor:
1) ko‘p genlarning
geterozigota holatda bo‘lishi; 2) foydali dominant genlarning o‘zaro ta’sir etishi; 3) o‘ta dominantlik
geterozigota holatning gomozigota holatdan ustun chiqishi.
Bu gipotezalarning har biri ham o‘ziga xos
bo‘lib, haqiqatga ancha yaqin. Geterozisning vujudga kelishi chatishtirishda ishtirok etadigan ota-ona
formalarning xususiyatiga bog‘liq.
Geterozis xodisasining nazariy tomonini birinchi bo‘lib amerikalik genetiklar
G.Shell
va
E.Ist
1908 yilda tushuntirishga harakat qildilar. Ularning tushuntirishicha geterozisning
yuzaga chiqishiga genotipda geterozigotalikning bir necha lokus bo‘yicha oshishi sabab bo‘ladi.
Bir qancha amerika genetiklari (
Davenport, Djoks, Bryus, Kodlinz
va boshqalar) 1908-1917
yillarda geterozis va inbred depressiyani tushuntirish uchun
dominantlik gipotezasini
ko‘tarib
chiqdilar. Bu gipotezaga ko‘ra, geterozis ko‘p miqdordagi dominant genlar yordamida kelib chiqadi, bu
genlarning retsessiv allellari belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi va xatto salbiy ta’sir qiladi.
Inbred deprsssiya gomozigot holiga o‘tgan rssessiv genlar ta’siri natijasida kelib chiqadi.
Irsiy belgilarni nasldan-naslga o‘tkazuvchi omil hujayra hayotida ma’lum vazifani bajarishi,
o‘zini-o‘zi hosil qila-olishi va hujayra bo‘lingandan keyingi hujayralarga teng taqsimlana olishi kerak.
Bu uchala xususiyat faqat xromosomalarga xos. Ammo, hujayra sitoplazmasidagi ayrim arganoidlarda
ham yuqoridagi xususiyatlar kuzatiladi. Masalan, sitoplazmadagi plastida va mitoxondriyalar hujayrada
ma’lum bir vazifani bajarib, o‘z-o‘zidan ko‘paya oladi, lekin keyingi hujayralarga teng bo‘lina olmaydi.
Agar irsiy omil sitoplazma organoidlarida bo‘lib va ular DNK orqali nasldan-naslga berilsa bunday
irsiyatga sitoplazmatik irsiyat deyiladi.
Sitoplazmadagi barcha irsiy omillar
|
| |