• I.V.Michurin
  • G.D.Karpechsnko
  • Geterozisning ko‘rinish xillari va ulardan amaliyotdan foydalanish
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet175/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    I.V.Michurin
    botanik jihatdan uzoq bo‘lgan formalarni chatishtirishdan olingan duragaylarning 
    naslsizligiga barham berish uchun bir qancha usullar ishlab chiqdi. Bular: parvarish qilish, mentor va 
    duragayni ota yoki ona o‘simlik bilan qayta chatishtirish (bekkross) usullaridir. Hozirgi naqtda uzoq 


    formalar duragayning nasl beradigan qilishning birdan-bir yo‘li amfidiploidiya yoki allopoliploidiya 
    hodisasidan foydalanishdir. Allopoliploidiya har xil turlarni chatishtirganda ularning genomlarining 
    qo‘shilishi asosida vujudga keladi, masalan, turlararo duragayda A va B genomlar qo‘shilib, 
    amfigaploid AB, duragayning genomlari ikkiga ortsa, AABB-amfidiploid (allotetraploid) hosil bo‘ladi. 
    Amfidiploidiya hodisasi tufayli duragaylash va duragaylarga xromosomalar sonini ikkiga ko‘paytirish 
    yo‘li bilan yangi turg‘un formalarini chiqarish imkoniyati tug‘ildi. 
    G.D.Karpechsnko
    20-yil boshlarida turp bilan karamni o‘laro chatishtirib, nasl beradigan 
    duragay oldi. G‘alladoshlar oilasining har xil avlodlarga mansub bo‘lgan bug‘doy bilan bug‘doyiqni 
    chatishtirish bo‘yicha akademik N.V.Sitsin tomonidan olib borilgan ko‘p yillik ishlar seleksiyasi 
    praktikasi uchun juda ham muhimdir. U bug‘doyiqning ba’zi qimmatli belgilariga ega bo‘lgan bug‘doy 
    o‘simliklaridan bir qancha syerhosil nav chiqardi. 
    G‘o‘zadan 52 xromosomali (n=26) sanoat navlari 26 xromosomali (n=13) yovvoyi formalari bilan 
    chatishtirish seleksiyasi uchun katta istiqbollar yaratib bermoqda. SHuni ham aytish kerakki, uzoq 
    turlarni duragaylash ishi hali ham keng ko‘lamda olib borilayotgani yo‘q. Seleksiya fanining keyingi 
    taraqqiyotida uzoq formalarini duragaylashdan ajoyib muvoffaqiyatlarga yerishilishi aniq. 
    Geterozisning ko‘rinish xillari va ulardan amaliyotdan foydalanish 
     
    Geterozis xodisasi chorvachilik va o‘simlikshunoslik tajribasida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, 
    chetdan changlanadigan o‘simliklardan, masalan, makkajo‘xoridan yuqori hosil etishtirishda 
    geterozisdan foydalaniladi. Geterozis xodisasini o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda ma’lum 
    darajada boshqarish mumkin. 
    O‘z-o‘zidan changlanuvchi liniyalarni ishlab chiqarishda birdaniga ishlatib bo‘lmaydi. Ular 
    o‘zaro chatishtirilib geterozis duragay olishda ishlatiladi. Duragay urug‘ olish uchun avval eng yaxshi 
    navlardan inbred liniyalar tanlab olinadi. Inbred liniyalar har bir navning o‘simliklarini 6-7 bug‘in 
    davomida o‘z changi bilan changlatishi natijasida hosil qilinadi. Shu yo‘l bilan bir navga oid bo‘lgan 
    o‘simliklarning bir xilda, ya’ni gomozigoga bo‘lishi ta’minlanadi. Inbred liniyalar olishda tanlash 
    usulidan foydalaniladi. Olingan ikkita inbred liniyani o‘zaro chatishtirishda (A x B) liniyalararo duragay 
    vujudga keladi. Birinchi bo‘g‘in liniyalararo duragaylarning foydasi ulardagi geterozis darajasi bilan 
    baholanadi. 
    Keyingi vaqtlarda makkajo‘xorining liniyalararo (oddiy) duragaylari urug‘i ishlatilmaydigan 
    bo‘ldi, chunki bunday urug‘larga nisbatan qo‘sh (A+B) x (S+D) liniyalararo duragaylarni 
    chatishtirishdan olingan duragaylar xo‘jalikda katta ahamiyaga ega ekan. Duragay urug‘larini ekish 
    hisobiga makkajo‘xorining hosildorligi 25-35% gacha, ba’zi o‘simliklarda (bodring, pomidorda) 40-
    50% gacha ortadi. 
    Chorvachilik tarixida dastlab ingliz fermeri zavodchilari 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish