|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 183/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuagermofroditdir
, 10% gullar bir jinslidir. Ular ikkiga:
bir uyli va ikki uyli o‘simliklarga bo’linadi. Bir uyli o‘simliklarning urug‘chi va changchilari bir
o‘simlikda, ikki uyli o‘simliklarda esa changchi bir, urug‘chi ikkinchi o’simlikda joylashgan. Ikki
uyli o‘simliklarning gomogametali va geterogametali bo’lishi mumkinligini dastlab
K.Korrens
o‘z
tajribalarida aniqlagan. U buni
jigar moxini
bir uyli, ikki uyli xillarini chatishtirib isbotlagan va
urug‘chi o‘simlik gomogametali, changchi o‘simlik geterogametali ekanligini ma’lum qilgan. Jigar
moxi o‘simligi xromosomalari gaploid to‘plamli, sporangiysi esa diploid to‘plamli bo’ladi.
K.Allen
1917-yilda jigar moxining changchi va urug‘chi gaploid o‘simliklari 7 ta
xromosomali bo‘lsada, biroq o‘zaro farq qilishini, changchi gaploid o‘simligida bitta xromosoma
nuqtasimon (Y), urug‘chi gaploid o‘simlikda esa uzun (X) bo’lishini ma’lum qildi. Urug’lanish
mobaynida ikkita gaploid to‘plamli o‘simliklar 14A+XY xromosomaga ega sporafitni hosil qiladi.
Sporafitning meyoz bo‘linishidan so‘ng, bir ona hujayradan 4 spora rivojlanadi. Ulardan ikkitasida
7A+X xromosoma, ikkitasida 7A+Y xromosoma to‘pllarni bo’ladi. Binobarin ana shu sporalardan
rivojlangan ikkita o‘simlik urug‘chi, ikkitasi changchi o‘simlik sanaladi. Ularning o‘zaro nisbati 1:1 ga
teng. Ayrim hollarda ba’zi mohlar sporangiyasi (14A+XY) vegetativ usulda ko‘payib, bir uyli
o‘simlikni rivojlantiradi.
Jinsiy xromosomalarni o‘zaro farq qilishi ikki uyli gulli o‘simliklarning 50 turida topilgan, 26
turida esa ular topilmagan. Jinsiy hujayralari bo‘yicha getyeromorf barcha o‘simliklarda jinsiy
singam tip bo‘yicha ya’ni gametallarni va jinsiy xromosomalarni qo‘shilishi mobaynida belgilanadi.
3.
Jinsni belgilash xillari
Jinsni aniqlashning uch xili mavjud:
progam, epigam, singam
. Jinsni aniqlashni
progam
xilida jins urug’languncha ma’lum bo’ladi. Ba’zi bir kolovratkalar, chuvalchanglarda urg‘ochi
organizm odatda yirik, sitoplazmaga boy bo’lgan hamda mayda, sitoplazmasi kam bo‘lgan tuxum
hosil qiladilar. Sitoplazmaga boy tuxum hujayra urug‘langach urg‘ochi organizm; mayda, sitoplazmasi
kam tuxum hujayra esa urug‘langach erkak organizmni hosil qiladi.
Jinsni aniqlashning
epigam
xilida jins shakllanishi tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. O‘rta
Yer dengizi va Atlantika okeanida tarqalgan chuvalchang
Bonella viridis
ni urug‘langan tuxum
hujayrasidan endigina rivojlangan lichinka mustaqil, ya'ni toshlarga yopishib hayot kechirsa urg‘ochi
jinsni, aksincha u urg‘ochi organizmning ayrisimon hartumchasiga yopishib, so‘ngra shu orqali uning
jinsiy organida parazitlik qilib yashasa erkak jinsli organizmni rivojlanadi.
Jinsni aniqlashning
|
| |