|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 191/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaShoxli
qoramollarda
ozuqaning ta’siri sut miqdoriga ko‘proq, sutdagi yog‘
miqdoriga kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Yung rangi esa tashqi muhit ta’siriga berilmaydigan,
turg‘un belgi hisoblanadi. Binobarin, g’o‘zaning hosildorligi, sigirlarda sut miqdorining
reaksiya normasi keng, g‘o’zada ko‘sakning hajmi, sigirlar sutidagi yog‘ miqdori
belgilarining reaksiya normasi o‘rtacha, g‘o‘zadagi tola rangining, shoxli qoramollarda
yung rangi belgilarining reaksiya normasi nihoyatda tor hisoblanadi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik tabiatda keng tarqalganligi sababli u
poligenlar
ta’sirida irsiylanadimi yoki tashqi muhit ta ’sirida hosil bo‘ladimi, degan masala munozaraga
sababchi bo‘ldi. Bu munozaraga XX asming boshida V.Iogannsen tajribalari natijasida
yakun topdi. U arpa, no‘xat, loviya o‘simliklarida kuzatish olib bordi. Olim tashqi muhit
ta’sirida paydo bo’lgan modifikatsion o‘zgaruvchanlik avloddan-avlodga berilmasligini
isbotlab berdi. Vaholanki, genlar ta’sirida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar avloddan-avlodga
beriladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik irsiylanmasa ham organizmning o‘zgargan tashqi muhit
sharoitida moslanishida, evolyutsion jarayonda har bir organizm turining saqlanib qolishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari matematik —
statistik usulda o‘rganiladi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik — mutatsiya
Organizm genotipi — xromosomalar, nuklein kislotalar, genlar o‘zgarishi bilan
bog’liq mutatsion o‘zgaruvchanlik yoki mutatsiya deyiladi.
Mutatsiya to‘g‘risidagi
nazariya
dastlab gollandiyalik olim
Gugo de Friz
tomonidan ishlab chiqilgan. Uning qisqacha
mazmuni: 1) Mutatsiya to‘satdan ro‘y beradigan o‘zgaruvchanlik; 2) Sifat jihatdan
farqlanuvchi o’zgaruvchanlik; 3) Turg‘un, shu bilan birga turli yo‘nalishdagi
o’zgaruvchanlik; 4) Mutatsion o‘zgaruvchanlik foydali va zararli bo’ladi; 5) O‘xshash
mutatsiyalar takrorlanishi mumkin.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik xillarini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
|
| |