G.A.Nadson va
G.S.Filippovlar achitqi zamburug‘larida rentgen
nurlari yordamida mutatsion jarayonni ko‘p marotaba tezlash tirish mumkinligini tajriba
orqali isbotladilar.
1927-yili esa Amyerika genetigi
G.Myollyer rentgen nurlari drozofila meva
pashshasida ham mutatsiyalar hosil qilishini isbotladi. Keyinchalik kimyoviy, fizikaviy
omillar ta’sir ettirish natijasida boshqa o‘simliklar, zamburug’, hayvonlar-da ham ko‘plab
sun’iy mutatsiyalar olindi. Xususan, respublika olimlaridan akademik
Sh.Ibragimov va
R.I.Kovalchuk, akademik
N.Nazirov , akademik
O.Jalilov , professor
F.Djanikulov larning
bu sohadagi yutuqlari diqqatga sazovor.
O.Jalilov radiatsion seleksiya asosida g’o’zaning syerhosil, tezpishar AN-402, Oq
oltin, Farhod, Samarqand-3, Yo’lduz navlarini yaratdi. Sun’iy mutatsiyalarni hosil etishda
rentgen, kobalt (
60
Co) nurlari kabi fizik omillardan, yoki etilenlarnin, etilmetansulfat,
dimetilsulfat, nitrozoetilmochevina, nitrozometilmochevina kabi kimyoviy moddalardan
foydalaniladi.
Sun’iy mutatsiya olish va ulardan amalda foydalanish. Odamlar qadimdan suniy
yo’l bilan organizmlar irsiyatini o’zgartirishga harakat qilganlar. Birinchi marta rus olimi
I. I. Gerasimov spirogira (suvo’ti) ning bo’linayotgan hujayrasidan harorat ta’sirida triploid forma
olgan. 1925 yilda
G. A. Nodson va G. S. Flippov achitqi zamburug’iga rentgen nuri ta’sir
ettirib mutatsiya hosil qilgan. Kimyoviy moddalar ta’sirida mutatsiya olish
kimyoviy mutagen deyladi.
Radioktiv nurlar ta’sirida gen mutatsiyalari va xromosomalarning strukturasi o’zgaradi.
Juda katta miqdordagi nurlar zararli ta’’sir ko’rsatadi. Bunday mutatsiyalar hosil qilish uchun
yadro zararlantiriladi.