O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

n
+ erkak gameta 
n
zigota 
2n
. Agar o‘simlik hujayralarida xromosomalarning 
asosiy miqdori ikki xissadan ortiq bo‘lsa, ular poliploid o‘simlik deb xisoblanadi. Hujayradagi 
xromosomalar miqdori diploid yig‘indisidan ikki marta ortiq bo‘lgan turlarni – tetraploid deb ataladi, 
asosiy yig‘indi olti marta takrorlanganda turlar-geksaploid deyiladi. Poliploidiya natijasida 
o‘simliklarning belgi va xususiyatlarini o‘zgarishi aniqlangandan keyin seleksiyada yangi navlarni va 
duragaylarni xosil qilinishi boshlandi va kerakli poliploid shakllarni yaratishning samarali usullari 
ishlab chiqildi 
Poliploid
formalarini sun’iy hosil qilishda turli ximiyaviy moddalar kolxitsin, atsenaften, 
gemaksin, lindam, azot (1) oksidi va boshqalar qo‘llanadi. 1937 yilda A.Bleksli va A. Ayvyeri 
olimlari kolxitsin alkoloidining poliploid xosil qilish qobiliyatini aniqlaganlar. Kolxitsin – 
S22N25O6 alkoloidi kolxikium, savrinjon (kuz boychechagi) o‘simligining urug‘idan va 
piyozboshidan olinadi. 
Kolxitsin toza holda sarg‘ish oq rangli poroshok (talqon) bo‘lib, suvda, spirtda va xloroformda 
yaxshi yeriydi. Bo‘linish jarayonidagi hujayralarga kolxitsin ta’sir qilganda hujayralarda 
xromosomalar soni ko‘payib poliploidlar hosil bo‘lishi mumkin. Bu kashfiyotdan keyin amalda 
ekinlarning poliploidlarini hosil qilish seleksiya ishida keng qo‘llana boshlandi. Poliploidlar kelib 
chiqishiga qarab ikki xil bo‘ladi: avtopoliploidlar va allopoliploidlar. Bir xil genomlarni (o‘xshash 
xromosomalar asosida) birikishi tufayli hosil bo‘ladigan poliploidlar avtopoliploidlar deyiladi. 
O‘simlik turining asosiy xromosomalar to‘plami n-gaploid, uning ikki karra ko‘paygani 2n-diploid, 
uch karrasi – 3n-triploid, to‘rt karrasi 4n-tetraploid, besh karrasi 5n-pentaploid, olti karrasi 6n-
geksaploid, sakkiz karrasi 8n-oktoploid, kabilar avtopoliploidlardir. Ularning gekomlari bir xil va 
xromosomalari o‘xshash bo‘ladi. Dastlab organizmning genomi gaploid “A” bo‘lsa, diploidi “AA” 
bo‘ladi, hosil bo‘lgan poliploidlar: triploid “AAA”, tetroploid “AAAA” bo‘ladi.

Download 7,63 Mb.
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish