O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/251
Sana07.06.2024
Hajmi7,63 Mb.
#261339
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   251
Bog'liq
biologiya majmua

bug‘doy tritikum, javdar sekale
) nomidan kelib chiqqan. Bu 
odam tomonidan yaratilgan yangi don ekinidir. Uning katta hosildorlik imkoniyatlari, tarkibida ko‘p 
miqdorda oqsil va lizin, triptofan aminokislotalarini saqlanganligi, kasalliklarga va noqulay 
sharoitlarga chidamliligi katta ahamiyatga ega ekanligini va istiqbolligini ko‘rsatadi. Tritikale 
donining tarkibidagi oqsil moddasi bug‘doy donidagiga nisbatan 3-4% ko‘p, kleykovina esa 
bug‘doynikidek, javdarga nisbatan esa 2-4% ko‘p, lekin sifati pastroq. Tritikalening doni non 
tayyorlashda, kondityer sanoatida, pivo pishirishda va mollarga em sifatida foydalaniladi. Non 
pishirish sifati bug‘doyga nisbatan pastroq, lekin bug‘doy unini (70-80%) tritikale uni bilan (20-30%) 
aralashtirilsa, juda yaxshi sifatli non tayyorlanadi. Tritikalening ko‘k massasi va silosi bug‘doy va 
javdarga nisbatan 0,5-1,0% ko‘proq hazm qilinadigan proteinga ega. Bir organizmda bug‘doy bilan 
javdarni belgi va xususiyatlarini birlashtirish g‘oyasi taxminan 1875 yilda Edenburgda Angliya olimi 
Uelsonning bug‘doy-javdar duragayi hosil qilinganligi to‘g‘risida maqolasi chop etilgandan keyin 
vujudga keladi. 1881 yil Gyermaniyada Rimpau bug‘doy bilan javdar o‘rtasida (konstant) barqaror 
oralik duragaylari ajratib olgan bo‘lsada, u vaqtda buning ahamiyatiga e’tibor berilmaydi va shuning 
uchun amalda qo‘llanilmaydi. 1918 yilda Saratov qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasida G.K.Meystyer 
bunday duragaylarni (bug‘doy-javdar) javdar ekin maydonida bug‘doy bilan tabiiy duragaylanish 
asosida hosil bo‘lganligini kuzatgan. 1925 yil V.N.Lebedev Belotsyerkov tajriba-seleksion 
stansiyasida tabiiy javdar-bug‘doy duragaylarini topgan. Birinchilar qatorida geksaploid tritikaleni 
o‘rgangan A.I.Dyerjavin hisoblanadi. U kishi 1933 yilda bug‘doy bilan javdarni chatishtirib birinchi 
amfidiploidni hosil qildi. Undan keyin seleksiya ishida planli ravishda ko‘p mamlakatlarda jumladan 
O‘zbekistonda tritikale navlarini yaratish ishlari avj olib yuborildi.
Gaploidiya.
Xromosomalar to‘plami dastlabki miqdorga nisbatan 2 marta kam bo‘lgan 
organizmlar gaploidlar yoki monoploidlar deyiladi. 
Gaploidlar bitta tuxum hujayra, sinyergid, antipod yoki chang donachasining rivojlanishidan 
hosil bo‘ladi. Gaploid organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ular quyidagilardir: ular bir 
biriga o‘xshash, lekin hujayralari va organlari kichik, kuchsiz rivojlangan va hayotchanligi past. Ular 
to‘liq naslsiz (styeril) bo‘ladi, tabiatda juda kam vujudga keladi. Masalan, makkajuxorida-1000ta 
donidan bitta, g‘o‘zada esa 3000ta chigitdan bitta hosil bo‘lishi mumkin. Gaploid organizmlarning 
xromosomalari o‘z juftiga ega emas (gomologik xromosomalar yo‘q). SHuning uchun dominant 
belgilar retsessiv belgilarni yashirin xolatga o‘tkaza olmaydi, ya’ni retsessiv belgilar ochiq 
rivojlanadi. Bu esa seleksiya uchun yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘lishi manbai bo‘lib 
hisoblanadi. 
Amalda gaploidlar redutsiyalashgan partonogenez yoki androgenez yoki redutsiyalashgan 
apogametiy natijasida hosil bo‘ladi. 
Partonogenezda (yunon tilida partenos-(devitsa) qiz degani) murtak urug‘lanmagan tuxum 
hujayrasidan rivojlanadi. 
Androgenez (yunon tilida-andros-
erkak
degani) tuxum hujayrasining yadrosi rivojlanmay, 
uning o‘rnini spermiyning yadrosi egallaydi. Natijada hosil bo‘lgan o‘simlik faqat ota o‘simligi 
xromosomalar to‘plami borligi tufayli-faqat ota o‘simligi irsiyatiga ega bo‘ladi.

Download 7,63 Mb.
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   251




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish