15-MA’RUZA.
Mavzu:
Geterozis va sitoplazmatik irsiyat.
Reja:
1) Autbriding va inbriding tugrisida tushuncha.
2) Geterozis hodisasining xillari va ulardan amaliyotda foydalanish.
3) Geterozisni saklab kolish muammolari va geterozis nazariyasi.
4) O‘simlik va hayvonlarda sitoplazmalik irsiyat.
Tayanch iboralar:
Geterozis, Autbriding, inbriding, foydali geterozis, korrelyasiya,
qarindosh juftlik, duragay, liniya
Inbriding va autbriding to‘g‘risida tushuncha
Yangi nav va zotlarni chiqarishda
duragaylash
usulidan keng foydalaniladi.
Duragaylash metodi
tanlangan ota-ona organizmlarning inson uchun foydali belgi-xossalarini duragay formalarda
biriktirishga asoslanadi. Bunda ayrim foydali belgi-xossalarga ega ota-ona
individlar chatishtirilib
duragay organizmlar orasidan maqsadga muvofiq individlar tanlanib olinadi. Duragaylash jarayonida
ota-ona organizmlarining belgi-xossalari duragay avlodlarida turli kombinatsiyalarda beriladi.
Chatishtirish uchun xo‘jalikda qimmatli belgilarga ega bo‘lgan formalarni
tanlash seleksiyada
kombinatsion o‘zgaruvchanlikni boshqarishning asosiy usuli bo‘lib hisobla-nadi. Organizmlarni
ko‘paytirishda maqsadga qarab duragaylash ikki xil usulda amalga oshiriladi:
1)
yaqin
qarindosh
organizmlarni chatishtirish yoki o‘simliklarning o‘zini-o‘zi bilan chatishtirish
(
inbriding
)
va