Buning uchun dastlab diploid qand lavlagining (2n=18) urug‘i kolxitsinning 0,2% suvdagi
yeritmasida ivitilib ekiladi. Kolxitsin ta’siri ostida xromosomalar soni ikki barobar ko‘payadi va
(4n=36) tetraploid xosil bo‘ladi. Tetraploid o‘simligi (2n=36) diploid o‘simligi bilan chatishtiriladi,
natijada triploid o‘simligi xosil bo‘ladi: 2n=18xr. Kolxitsin 4n=36 x 2n=18 3n=27 triploid
2n=18 n=9 2n+n=3n
Qand lavlagining
triploidi ildizmevasining xosildorligi va tarkibidagi
qandning miqdori
boshqa navlardan (diploidlardan) ustun turadi. Bundan tashqari ildiz mevasida kul moddaning
miqdori kam bo‘lib, sanoatda qand ajratishga ko‘p xalaqit qilmaydi. Triploid qand lavlagi hosil qilish
bilan birga yana bir muhim xususiyatli – bir maysali urug‘li navlar yaratish imkoniyati tug‘iladi.
Triploid qand lavlagining bir qancha qimmatli navlari yaratilgan. Har gektaridan 45-50
tonna ildiz
meva yoki 7,5-9,0 tonnagacha qand xosili beradigan qand lavlagining Kubanskiy poligibrid,
A.N.Lutkov raxbarligida yaratilgan Belotsyerkovskiy poligibrid 1, Belotsyerkovskiy poligibrid 2
hamda Qirg‘iz 18 kabi triploid duragaylari keng maydonlarda ekilmoqda.
YAponiya genetigi va
seleksionyeri G.Kihara tarvuzning diploidi bilan tetraploidini chatishtirib, shu ekinning urug‘siz
triploidini yaratdi: Diploid tarvuz 2n=22 kolxitsin 4n=44 tetraploid 4n=44 x 2n=22 3n=33 triploid
2n=22 n=11 2n+n=3n.
Tarvuzning triploidi iste’mol uchun juda qulay, urug‘siz va tarkibida qand moddasini ko‘proq
saqlaydi. Lavlagining triploidi ham tarvuzning triploidi styeril-pushtsiz. Ular urug‘
hosil qilmaydi,
shuning uchun bu triploid navlarning urug‘i har yili maxsus urug‘chilik usullari bilan tayyorlanadi.