• Akademik P.M.Jukovskiyning
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet206/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Akademik P.M.Jukovskiyning
    tasviriy iborasicha, insoniyat ko‘pincha poliploidlar 
    maxsulotini iste’mol qiladi. Masalan, poliploid madaniy o‘simliklardan: suli (2p=42), kartoshka 
    (2p=48), o‘rta tolali va uzun tolali g‘o‘za (2p=52), tamaki (2p=48) va boshqalar. Ammo ayrim 


    ekinlarda poliploid turlari uchramaydi (masalan javdarda (2p=14), arpada (2p=14) bularda faqat 
    diploid o‘simliklar (tur) mavjud. 
    Har xil poliploidliligiga ega bo‘lgan madaniy o‘simliklarda xromosom soni ko‘proq bo‘lgan 
    turlarining maxsuldorligi yuqoriroq bo‘ladi. Masalan, geksaploid yumshoq bug‘doy – eng yuqori 
    hosilli va yer yuzida ko‘p tarqalgan bug‘doy turi. Bu ekinning (bug‘doyning) jaxon umumiy 
    maydonining 4/5 qismi yumshoq bug‘doyga to‘g‘ri keladi. Qattiq bug‘doyga (2p=28) bug‘doy 
    ekinining umumiy maydonning faqat 10-11% to‘g‘ri keladi. Ko‘p ekinlarning tabiatda tarqalgan 
    poliploidlari aniqlangan. Ayrimlarining poliploid qatorlari ham aniqlanib tuzilgan. Masalan, 
    kartoshkada 12, 24, 36, 48, 60, 72, 96, 108, 144. G‘o‘zada 26, 52. Otquloqda 20, 40, 60, 80, 100, 
    120, 140. Atirgulda 14, 21, 28, 35, 42, 56. Bug‘doyda 14, 28, 42, 56. Sulida 14, 28. 
    Sistematik jixatdan yaqin turlarda xromosomalar asosiy sonining karrali ortib borishi natijasida hosil 
    bo‘lgan qatorga poliploid qator deyiladi. 
    Xromosomalari gaploid yig‘indisidagi genlar to‘plami genom deyiladi. Xromosomalarning 
    asosiy gaploid soni X bo‘lsa, diploid soni XX, triploid soni XXX, tetroploid soni XXXX bo‘ladi. 
    Poliploidiya deb ma’lum tur organizmga xos bo‘lgan xromosomalarning asosiy miqdorini karrali 
    ortib borish xodisasiga aytiladi. Odatda o‘simlik tana (somatik) hujayralarida xromosomalarning 
    asosiy miqdori – gaploid (n)ga nisbatan ikki xissa ko‘p bo‘ladi. Bunday shakllar diploid (2n) deb 
    ataladi. 
    O‘simliklarning jinsiy ko‘payish jarayonida diploid xromosomali organizmning gulidagi jinsiy 
    organlarida urg‘ochi gametasi gaploid (n) xromosomalar soniga ega va erkak gametasi ham gaploid 
    (n) xromosomalar to‘plamiga ega. Urug‘lanish jarayonida gaploid gametalar (n) qo‘shilib diploid 
    zigotasini hosil qiladi, zigotadan hosil bo‘lgan urug‘ va urug‘idan unib chiqqan o‘simlik yana diploid 
    holatida bo‘ladi. 
    Urg‘ochi gameta 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish