|
Su’niy poliploidiya olish usullari Pdf ko'rish
|
bet | 205/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua
Su’niy poliploidiya olish usullari
Monosomik va trisomik organizm ko‘pincha fizik va aqliy etishmovchilikga ega bo‘ladi.
Masalan, trisomiya o‘n uchinchi xromosomada yuz berganda ko‘zning rivojlanmasligi, o‘n ettinchi
xromosomada bo‘lsa og‘iz qiyshiq bo‘lib, bo‘yin bo‘lmasligi, o‘n sakkizinchi xromosomada bo‘lsa
muskulatura, jag‘, quloq va tovon yaxshi rivojlanmasligi aniqlangan. 21-xromosomada ro‘y bsrgan
trisomiya og‘ir formadagi aqilsizlikni va juda ko‘p tana kamchiliklarini keltirib chiqaradi. Bunga
Dauna sindromi deyiladi. Trisomiklar ko‘pincha naslsiz bo‘ladi.
Tabiiy sharoitda poliploidlarning kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi faktorlarga haroratning keskin
o‘zgarishi, kuchli sovuq. ionlashtiruvchi nurlar, o‘simlik to‘qimalariga mexanik ta’surot va ximiyaviy
moddalarning ta’siri kiradi. Ximiyaviy faktorlarda bu jarayonga
kolxitsin
alkaloidi katta ta’sir
ko‘rsatishi aniqlangan.
Kolxitsin yordamida poliploid o‘simliklar yaratish mumkinligini 1937 yilda Bleksli va Eyvyeri
aniqlagan. Bundan tashqari atsenofgen, xloralgidrat, xloroform, getyeroauksin kabi moddalar ham
qo‘llaniladi. SHunday qilib, o‘simlik orasida sun’iy poliploidlar olish mumkin.
Hozirgi vaqtda triploid qand lavlagi, tetroploid paxta va javdar, tetroploid kartoshka keng
miqyosda rayonlashtirilgan. Demak, poliploidiya o‘simliklarevolyutsiyasi va seleksiya uchun
matyerial yaratib beradi. Poliploidiya hayvonlar evolyutsiyasida kam ahamiyatga ega. Chunki
polinloidiya asosan jinssiz yoki partenogenegik yo‘l bilan ko‘payuvchi organizmlarda uchraydi.
Jinsiy ko‘payuvchi organizmlarda bu hodisa juda kam uchraydi. Chunki ota yoki ona
organizmda diploid xromosomalar bo‘lgan jinsiy gameta etilganda ham u ikkinchi giploid to‘plamli
gameta bilan qo‘shilib naslsiz triploid organizm hosil qiladi va turg‘un bo‘lmaydi. Tetraplloid
umuman hosil bo‘lmaydi.
B.L.Astaurov
urg‘ochi tetraploid pilla qurtini boshqa turdagi diploid erkak
qurti bilan chatishtirib allogeksaploidlar oldi. Shu urg‘ochi qurtlarni boshqa turdagi diploid erkak
pilla qurtlari bilan chatishtirib allotetrapdoidlar oldi.
|
| |