|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 201/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua
Poliplodiya haqida tushuncha
Genom mutatsiyasi genotipning barcha sistemasini qamrab oladi. U
poliplodiya
,
geteroplodiiyaga
ajraladi.
Poliploidiya
deganda xromosoma to‘pllarnini karra ortishi,
geteroplodiya
atamasi ostida
esa xromosoma sonini ortishi yoki kamayishi tushuniladi. Gaploid xromosomalar soni ortgan
organizmlar
poliploid organizmlar
deyiladi.
Dastlab
1889-
yilda
I.I.Gerasimov
spirogira suvo‘tiga yuqori harorat bilan ta’sir etib yadro
moddasini ikki hissa ko‘payishiga yerishgan. Poliploidiya atamasini birinchi bo‘lib fanga
1916-
yilda
G.Vinklyer
kiritgan. U yunoncha
poly
- ko‘p marotaba va
plooseidos
- tur degan
ma’noni anglatadi. Poliploidiya doimo olimlar diqqat markazida bo‘lgan. Oqibatda
1909
-yili
R.Geyts,
G.de Frizning
mutatsion nazariyasi uchun asos bo‘lgan
enotera
o‘simligi tabiiy tetraploid
(2p=24) ekanligini ma’lum qildi. Poliploidiyalarga qiziqish XX asrning 40 -yillarida bir muncha
ortdi. Bunga asosiy sabab Amyerika tadqiqotchilaridan
A. Bleksli
va
A-Eyvyeri
o’simlik
urug‘lariga
kolxitsin
alkoloidi bilan ta’sir qilib ko‘plab poliploid forma-larni oldilar.
Aniqlanishicha kolxitsin alkaloidi hujayralar bo‘linayotganda bo‘linish urchug‘ini hosil etmasligi
va oqibatda ning metafazasida xromosomalar ikki qutbga tarqalmay ona hujayra markazida
qolishi ma’lum bo‘ldi.
Poliploidiya tabiatda keng tarqalgan hodisadir. Eukariot organizmlardan zam-burug‘larda,
suvo‘tlarda, gulli o‘simliklarda poliploid formalar ko‘plab topilgan. Infuzoriyalarning
makronukleusi ham yuqori darajadagi poliploid hisoblanadi. Hayvonlar orasida poliploid
organizmlar nihoyatda kam. Lekin ayrim ixtisoslashgan organlar, chunonchi, sutemizuvchi
hayvonlarning jigar, ichak to‘qimasi, so‘lak bezi xromosomalari poliploid ekanligi aniqlangan.
|
| |