|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 198/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaTabiiy va sun’iy mutatsiyalar
Tabiiy muhitda paydo bo‘lgan mutatsiyalar
tabiiy
yoki
spontan
, sun’iy sharoitda
olingan mutatsiyalar
sun’iy mutatsiyalar
deb ataladi.
Tabiiy mutatsiyalar
: genning yangi holati bo‘lib, u kabi turg‘undir. Tabiiy
mutatsiyalarning paydo bo‘lish sabablari turlicha. Odatda mutatsiya organizmlaiga tashqi
muhit omillari radiatsiya, yuqori yoki past harorat kimyoviy moddalar ta’sirida paydo
bo‘ladi. Mutatsiyaning hosil bo‘lishida ichki sabablar, chunonchi, gen mutatorlar,
metobolitlar ta’siri, autoreproduksiyadagi xatoliklar, shuningdek krossingover muhim rol
o’ynaydi.
Tabiiy mutatsiyalar to’g‘risidagi tasavvurlar XX asming 60 yillarida genlar-ning
o‘z-o‘zini hosil etishi, reparatsiya va genlarning rekombinatsiyasi, shuning-dek ularga
sababchi ferment sistemasi ochilgandan so‘ng shakllandi. Dastlabki paytda gen
mutatsiyalar DNK sintezida qatnashadigan fermentlar faoliyatidagi xatoliklar sababchi degan
faraz mavjud edi. Hozirgi davrga kelib mazkur faraz deyarli barcha olimlar tomonidan e’tirof
qilindi. Insonlar tabiiy mutatsiyalardan seleksiva ishlarida foydalanib kelganlar. Bunga misol
tariqasida
ankon qo‘y zotini
chiqarish tarixini olish mumkin.
1791-
yil AQShning
Massachusets shtatida ona qo‘ydan kalta, qiyshiq oyoqli qo‘zichoq tug‘ilgan. U
boqilgandan so‘ng yirik qo‘yga aylangan. Bu erkak qo‘y ona qo‘y bilan
chatishtirilganda qisqa, qiyshiq oyoqlilik belgisi avlodga berilgan. Fyermyerlar ana shu
qo‘ylarni boqish osonligini e’tiborga olib ko’paytirganlar va shu tariqa kalta oyoqli ankon
qo‘y zoti yaratilgan. Bunday tabiiy mutatsiyalar o’simlik va hayvonlar, odamlarda
ko‘plab uchraydi. Masalan: qora tanli odamlar orasida oq tanli — albinos bolalarni
tug‘ilishi, yoki qon ivimasligi — gemofiliya kasali paydo bo‘lishi bunga yorqin misoldir.
XX asrning 30-yillariga kelib olimlar sun’iy mutatsiyalarni olishga muvaffaq
bo’ldilar. 1925-yili
|
| |