retsessiv va
dominant xillarga ajraladi. Retsessiv mutatsiya
xromosomalari diploid to‘plamli organizmlarda geterozigota holatda fenotipda namoyon
bo’lmaydi. Lekin kelgusi avlodlarda ana shunday geterozigotali Aa : Aa organizmlar
o‘zaro chatishsa retsessiv mutatsiya gomozigota (aa) holatga o‘tib, fenotipda ko‘zga
tashlanadi. Ulardan farqli ravishda dominant mutatsiyalar geterozigota holatda namoyon
bo’ladi.
Gen allelini o‘zgarishiga ko‘ra mutatsiya ikki xil:
to‘g’ri va
teskari mutatsiyalarga
bo’linadi. To‘g‘ri mutatsiyada dominant allel mutatsiya tufayli retsessiv allelga ya’ni
A
a ga aylanadi. Teskari mutatsiyada esa aksincha retsessiv allel (a) dominant allel (A) ga
o’zgaradi (a
A). Ayrim holatlarda mutatsiya tufayli bir genning ko‘p xil holati yuzaga
kelishi mumkin. Bunday vaqtlarda A geni a
1
, a
2
, a
3
, a
4
, ... allellarini hosil qiladi,
ya’ni ko‘p tomonlama allelizm amalga oshadi. Lekin, diploid to’plamli gomologik
xromosomalarda ana shu allellarning faqat ikkitasigina uchraydi.
Xromosoma mutatsiyalari Har bir biologik tur boshqa turdan xromosomalarning soni, shakli, hajmi bilan
farqlanadi.
Evolyutsion jarayonda xromosomalarning faqat soni, hajmi bilan bir qatorda tuzilishi
ham o‘zgargan. Xromosomalar soni, shakli, hajmi va tuzilishi bilan bog’-liq mutatsiya
xromosoma mutatsiyasi yoki
abberatsiyasi deb nomlanadi.
Xromosoma tuzilishining o‘zgarishi to‘rt xilga bo‘linadi. Bular deletsiya, duplikatsiya,
invyersiya va translokatsiyadir.
Deletsiya — xromosomaning ayrim qismini uzilishi.
Deletsiya birinchi marotaba 1917-yili amerikalik olim