1) Spontan mutatsiyalar, ya’ni mutatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab aniq emas (o‘z-
o‘zidan paydo bo‘ladigan mutatsiyalar)
2) Indutsirlangan mutatsiyalar (keltirib chiqarilgan mutatsiyalar).
IV. Irsiyatga berilishiga qarab:
1) Generativ mutatsiyalar, ya’ni jinsiy hujayralarda bo‘ladigan va nasldan-nasdga
o‘tadigan mutatsiyalar.
2) Somatik mutatsiyalar, ya’ni somatnk hujayralarda sodir bo‘lib, nasldan-naslga
berilmaydigan mutatsiyalar.
Mutatsion o‘zgaruvchanlikni sinflashning bir necha xillari bor. Irsiyatning moddiy
asoslarini o’zgarishiga qarab mutatsiyalar
gen, xromosoma
va
genom mutatsiya
xillariga,
ularning har biri o‘z navbatida mutatsiya sinflari va turlariga bo’linadi.
Kelib chiqishiga ko‘ra mutatsiyalar
spontan
va
indusirlangan
xillarga bo’linadi.
Spontan mutatsiya tabiatda to‘satdan paydo bo’ladigan, indusirlangan mutatsiya esa sun’iy
sharoitda turli fizikaviy yoki kimyoviy omillar ta’sirida hosil qilinadigan mutatsiyadir.
Paydo bo‘lgan joyiga ko‘ra mutatsiya
generativ
va
somatik
mutatsiyaga ajratiladi.
Generativ mutatsiya jinsiy hujayralarda, somatik mutatsiya esa tana hujayralarida ro‘yobga
chiqadi. Somatik hujayralardagi mutatsiya jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan hayvonlarning
kelgusi avlodlariga berilmaydi. Bunga asosiy sabab mutatsiyaga uchragan hujayra,
to‘qima, organdan kelgusi avlod rivojlanmaydi. Lekin somatik mutatsiya sodir bo’lgan
o‘simlik o‘zgargan organlari vegetativ yoki parxish yo’li bilan ko‘paytirilganda kelgusi
avlodlarga o’tadi. Jinsiy hujayralardagi ro’y bergan mutatsiyalar kelgusi avlodlarda
namoyon bo‘ladi.
Fenotipda ko’zga yaqqol ko’rinadigan har qanday mutatsiya