45-rasm.
Yana bir misol, 4000 m balandlikka ko‘tarilgan alpinistlarning qonida eritrositlar soni
ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa ularda eritrositlar soni normal holatga keladi.
Ba'zan kimyoviy, fizikaviy mutatsiyalar ta’sirida organizmning fenotipi keskin o‘zgaradi va
badbashara organizm rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar
morfozlar
deb ataladi.
Organizm belgilarining tashqi muhit omillari ta’sirida genotipga bog‘liq holda o‘zgarish
qobiliyati
reaksiya normasi
deyiladi.
Ba’zi belgilar tashqi muhit ta’siriga ko’proq beriluvchan, boshqalari esa unchalik
tashqi ta’sirotga berilmaydigan, nisbatan turg‘un bo‘ladi. Shunga ko‘ra birinchi belgilarning
reaksiya normasi keng, ikkinchisiniki tor bo‘ladi. Masalan,
g‘o‘za
o‘simligida mineral
ozuqa va namlikning ta’siri natijasida tupdagi ko‘saklar soni keskin ortishi yoki
kamayishi mumkin. Lekin ko‘sakning hajmi esa unga nis-batan kamroq o‘zgaradi,
gultojibargning yoki tolaning rangi o‘ta turg‘un sanaladi.