• Rekombinativ o‘zgaruvchanlik
  • Mutatsion o’zgaruvchanlik
  • Modifikatsion o’zgaruvchanlik - organizm yashash muhiti omillari ta’sirida sodir bo’ladigan o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. Ontogenetik o’zgaruvchanlik
  • fenotipik o’zgaruvchanlik deb ham ataladi.  Irsiylanadigan (genotipik) o‘zgaruvchanlik




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet189/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    fenotipik
    o’zgaruvchanlik deb ham ataladi. 
    Irsiylanadigan (genotipik) o‘zgaruvchanlik
    esa 
    kombinativ, rekombinativ va mutatsion
    o‘zgaruvchanlikka ajraladi. 
    Kombinativ

    o‘zgaruvchanlik
    chatishtirishda qatnashgan ota-ona organizm genotiplaridagi 
    genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri tufayli paydo bo‘ladi. 
    Rekombinativ o‘zgaruvchanlik
    meyoz bo‘linishida ota - ona xromosomalarining gametalarga
    mustaqil taqsimlanishi va ularning urug‘lanish paytida tasodifiy kombinatsiyasi natijasida yuzaga 
    keladi. Ayrim holatlarda nogomologik xromosomalar chalkashuvi oqibatida ro‘yobga chiqadi.
    Rekombinativ o’zgaruvchanlik 
    krossingover
    natijasida DNKdagi genlarning qayta birikishi
    tufayli ham sodir bo‘ladi. 
    Mutatsion o’zgaruvchanlik
     
    deganda, organizm genotipi — xromosomalar, nuklein kislotalar,
    genlar o‘zgarishi bilan bog’liq o‘zgarishlar tushuniladi. 
    Irsiylanmaydigan (fenotipik) o‘zgaruvchanlik
    ontogenetik
    va 
    modifikatsion
    o‘zgaruvchanlik
    deb nomlanuvchi ikki guruhga ajraladi. 
    Modifikatsion o’zgaruvchanlik
    -
    organizm yashash muhiti omillari ta’sirida sodir bo’ladigan
    o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. 
    Ontogenetik o’zgaruvchanlik
     –
    organizmning yoshi bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanlikdir.
     
    Modifikatsion o‘zgaruvchanlik
     
    Organizmlardagi o‘zgaruvchanlik faqat irsiy omillarga bog‘liq bo’lmaydi. Ko‘pgina hollarda
    organizm yashash muhiti omillari ta’sirida ham o‘zgaruvchanlik sodir bo‘ladi. 
    Tashqi muhit omillari ta ’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar 
    modifikatsion 
    o‘zgaruvchanlik
    deb ataladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik populyatsiyadagi ko‘pchilik organism-
    larga xos ekanligi, muhit sharoitining o‘zgarishi bunday ta’sir oqibati kelgusi avlodlarga berilmasligi


    bilan tavsiflanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar nuklein
    kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini tushunishga yordam beradi. 
    Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday tirik mavjudotning morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgi-
    xossalarining majmuasi, ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas, balki ma’lum 
    darajada shu organizm rivojlanayotgan muhitning xilma-xil omillari ta'sirida ro‘yobga chiqadi. 
    Modifikatsion o‘zgaruvchanlikka misol qilib, 
    gornostay quyon
    zotidagi yung rangi o‘zgarishi 
    bo‘yicha qilingan tajriba natijasini keltirish mumkin. Quyonning bu zotida yung oq bo‘lib, faqat
    oyoq uchlari, quloq suprasi, tumshuq uchi, dumi qora rangda. Agar quyonning orqa tomonida
    uncha katta bo‘lmagan qismidagi yunglar ustara bilan olinib, shu quyon harorati pastroq xonada
    boqilsa, yungi qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo‘lib o‘sib chiqadi (44-rasm). 
     
     

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    fenotipik o’zgaruvchanlik deb ham ataladi.  Irsiylanadigan (genotipik) o‘zgaruvchanlik

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish