• R.Bexvelli va aka-uka Kollinglar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet216/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    R.Bexvelli
    va aka-uka 
    Kollinglar
    qarindosh juftlashdan ustalik bilan foydalandilar. Ular
    leystyer 
    qo‘y zotini va qoramolning
    shortgorn
    va
    gyerefort
    zotlarini yaratishda isbotlangan. Qarindosh bo‘lmagan hayvonlarni o‘zaro juftlashda 
    inbred dipressiyaga qarama qarshi xususiyat geterozis kelib chiqadi. Geterozis yoki duragaylik 
    quvvati qadim zamonlardan beri ma’lum. Masalan, xachir ot, eshakka nisbatan qariyib 2 baravar
    uzoq yashaydi va juda kuchli hamda chidamli hayvon hisoblanadi. 
    Geterozisning bioximik va fiziologik tabiati, moddalar sintezining yuqori dara-jasi bilan
    bog‘liq. Geterozis har qanday chatishtirishdan ham kelib chiqavyermaydi. Bunda
    chatishtirilayotgan zot yoki liniyalarning o‘zaro moslashganligi muhim ahamiyatga ega. Geterozis 
    chorvachilikning hamma tormoqlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Undan foydalanish 
    chorvachilik tarmoqlarida sanoat chatishtirishning asosi bo‘lib kelmoqda. 
    Sanoat chatishtirishi parrandachilikda, ayniqsa 70-90 kunligida so‘yiladigan go‘sht
    yo‘nalishidagi jo‘ja xo‘rozlar (broylyerlar) ni etishtirishda keng qo‘llanilmoqda. 
    Angliyada 50 foizga yaqin, AQSHda - 70, Gollandiyada - 76 va Avatraliyada qariyib 100
    foiz parranda go‘shti duragay jo‘jalardan, ya’ni sanoat chatishtirishi qoramol go‘shti gegyerozis
    yordamida olinadi. Sanoat chatishtirishi qoramol go‘shti etishtirishda ham keng qo‘llanilmoqda. 
    Turlararo yoki avlodlararo duragaylashdan olingan hayvonlarda ham geterozis hodisasi kuchli
    bo‘ladi. O‘rta Osiyo respublikalarida zebra bilan qora-ola, shvits bilan krasnostep zot hayvonlari
    orasida ko‘p miqdorda duragaylar olingan. Bu duragaylarning sut mahsuloti, sutining yog‘liligi sof
    zot hayvonlarga nisbatan yuqori bo‘lib, issiq iqlimga va qon parazit kasllliklarga chidamlidir. 
    Xozirgi vaktda seleksiyaning asosiy vazifasi geterozisni duragay organizmlarning keyingi 
    bo’g’inlarida ham saqlab qolishdan iborat. Bu borada ba’zi bir bir fikirlar ilgari surilmokda. Masalan, 
    geterozis xususiyatiga ega bulgan va jinsiy yo’l bilan kupayadigan organizmlarni (ba’zi bir o’simliklar 
    uchun mumkin bulgan) apomiksis yo’l bilan kupayadigan kilish va geterozisli diploid duragaylarni 
    poliploid Xolatga utkazish mumkin. Ana shular amalga oshirilsa,geterozigota kombinatsiyasi uzok 
    saklanishi mumkin. 
    Vegetativ yo’l bilan kupayadigan o’simliklarda, jinsiy yo’l bilan olingan duragaylarda vujudga 
    kelgan geterozis duragayini vegetativ kupaytirish usuli bilan saklash mumkinligi aniklandi. 
    Geterozisning genetik mexanizmi hali muammo masala bo’lib qolmokda. Xozirgi vaktda 
    geterozisning vujudga kelishi sabablari tushuntiriladigan uchta gipoteza bor; 1) kup genlarning 
    geterozigota holatda bulishi; 2) foydali dominant genlarning uzaro ta’sir etishi; 3) o’ta dominantlik-
    geterozigota holatning gomozigota holatdan ustun chikishi. Bu gipotezalarning har biri ham uziga xos 
    bulib, xaqiqatga ancha yaqin. Geterozisning vujudga kelishi chatishtirishda ishtirok etadigan ota-ona 
    formalarning xususiyatiga boglik. 

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish