|
)
qarindosh bo‘lmagan organizmlarni chatishtirish
(
autbriding Pdf ko'rish
|
bet | 212/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua2)
qarindosh bo‘lmagan organizmlarni chatishtirish
(
autbriding
)
usullari qo‘llaniladi.
Bir yaqin qon-qardosh organizmlar va ularning nasllari orasidagi duragaylash
inbriding
duragaylash
(ingl.
in
—ichida,
breeding
— ko’paytirish, urchitish) deyiladi. Bunda bir populyatsiya
doirasida yaqin qarindoshlar yoki umumiy ajdodga ega bo’lgan organizmlar o’zaro chatishtiriladi.
Organizmda qarindoshlik darajasi ortib borish bilan gomozigotali organizmlarning vujudga kelishi
ehtimolligi ham ortib boradi. Inbridingning eng yuqori darajasiga o’simliklarni o’z-o’zidan
changlantirish, hayvonlarni qoni bo’yicha yaqin yoki uzoqroq qarindoshlari bilan (ona x o’g’il va h.z)
urug’lantirish, orqali yerishiladi. Masalan, o’simliklarni o’zchangi bilan majburiy (ikki jinsli, bir yillik
o’simliklarda) va qarindosh individlar changi bilan qaytadan (bir jinsli, ikki pallali o’simliklarda)
changlanadi. Inbriding natijasida
inbrid liniya
olinadi.
Hayvonlarda qarindoshlik darajasi yaqin bo‘lgan organizmlar, o‘simliklarda esa o‘zini-o‘zi
bilan chatishtirilganda geterozigota holida bo‘lgan genlar gomozigota holiga o‘tadi. Maxsus
tekshirishlar qarindosh urchitish organizmning noziklanishiga, maydalashishiga, mahsuldorlikning, nasl
berishning pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Qarindosh juftlashning zararli ta’siriga
inbred
dipressiya
deyiladi. Inbred dispyersiya gomozigot holiga o‘tgan retsessiv genlar ta’siri natijasida kelib
chiqadi.
Inbriding duragaylash odatda gomozigota formalarni hosil qilishda qo’llaniladi. Inbriding
duragaylash gomozigota formalarni hosil etsada, hosildorlikni, hayotchan-likni pasayishiga olib
keladi. Lekin shunga qaramay seleksiya ishida u inbriding duragaylashdan ayrim holatlarda
foydalaniladi, chunki u mutant genlarning geterozigota holatdan gomozigota holatga o’tkazishning
yagona usuli sanaladi. Shuning uchun ham inbridingning ta’siri ba’zi hollarda foydali bo‘lishi ham
mumkin
Seleksiyada qarindoshlik jihatdan yaqin bo‘lmagan organizmlarni chatishtirish-
|
| |