geterozisdan foydalaniladi. Geterozis hodisasini o‘z-o‘zidan changla-nuvchi o‘simliklarda ma’lum
darajada boshqarish mumkin.
O‘z-o‘zidan changlanuvchi liniyalarni ishlab chiqarishda birdaniga ishlatib bo‘lmaydi. Ular
o‘zaro chatishtirilib geterozis duragay olishda ishlatiladi. Duragay urug‘ olish uchun avval eng
yaxshi navlardan inbred liniyalar tanlab olinadi. Inbred liniyalar har bir navning o‘simliklarini 6-7
bug‘in davomida o‘z changi bilan changlatishi natijasida hosil qilinadi. Shu yo‘l bilan bir navga oid
bo‘lgan o‘simliklarning
bir xilda, ya’ni gomozigoga bo‘lishi ta’minlanadi. Inbred liniyalar olishda
tanlash
usulidan foydalaniladi. Olingan ikkita inbred liniyani o‘zaro chatishtirishda (AxB)
liniyalararo duragay vujudga keladi. Birinchi bo‘g‘in liniyalararo duragaylarning foydasi ulardagi
geterozis darajasi bilan baholanadi.
Keyingi vaqtlarda makkajo‘xorining liniyalararo (oddiy) duragaylari urug‘i
ishlatil-maydigan
bo‘ldi, chunki bunday urug‘larga nisbatan qo‘sh (A+B) x (S+D) liniyalararo duragaylarni
chatishtirishdan olingan duragaylar xo‘jalikda katta ahlarniyaga ega ekan. Duragay urug‘larini ekish
hisobiga makkajo‘xorining hosildorligi 25-35% gacha, ba’zi o‘simliklarda (bodring, pomidorda) 40-
50% gacha ortadi.
Chorvachilik tarixida dastlab ingliz fyermyeri zavodchilari