|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 180/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua
1.Jins ta’limoti haqida tushuncha
Bakteriyalar, tuban o’simliklarda jins bo’lmaydi. Shunga ko‘ra ular bo’linish orqali
ko‘payadilar. Organik olam evolyutsiyasining ma’lum bosqichida yyer yuzida ayrim jinsli
organizmlar paydo bo’lgan. Ayrim jinsli organizmlarning paydo bo‘lishi katta biologik ahamiyatga
ega.
Charlz Darvin
ta‘kidlashicha o‘z-o’zidan chatishish biologik jihatdan ziyon, chetdan chatishish
esa foydalidir. Odatda organizmlar chetdan chatishganda avlodlarda ota-ona organizmlaiga nisbatan
irsiy axborotining xilma-xilligini orttirish ro‘y beradi. Bu esa ularning o’zgargan muhit sharoitiga
moslanishida katta imkoniyatlar yaratadi.
Jins muammosi bilan odamzot qadimdan mashg‘ul bo‘lib kelishiga qaramay, faqat genetika
fan sifatida shakllangandan so‘ng bu muammo o‘z yechimini topdi.
Jins -
organizmning gametalar hosil qilish orqali nasl qoldirish, irsiy axborotni kelgusi
avlodga uzatishni ta’minlaydigan belgi va xossalar majmuasidir. Yuksak hayvonlarda har xil jinsli
organizmlarni farqlantiruvchi belgi-xossalar
birlamchi
va
ikkilamchi
jinsiy belgilarga ajratiladi.
Birlamchi jinsiy belgilarga
organizmda gametalar hosil bo‘lishi, urg‘lanish jara-yoni va
organizm rivojlanishini ta’minlovchi morfofiziologik xususiyatlar, tashqi va ichki jinsiy organlar
kiradi.
Ikilamchi jinsiy belgilar
erkak va urg’ochi organizmlar gametalarini hosil qilishda, ularning
o‘zaro qo‘shilib urug‘lanishni ta’minlashda hamda jinsiy ko‘payishda bilvosita rol o‘ynaydi.
Qushlarning, sut emizuvchi hayvonlarning yerkagi gavdasining yirik, chiroyli bo‘lishi,
odamlarning erkaklarida soqol, mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi bunga misoldir. Ular
birlamchi jinsiy bezlar tomonidan ajralgan gormonlar ta’sirida rivojlanadilar. Erkak va urg‘ochi
organizmlar tashqi ko‘rinishidagi tafovut
|
| |