Shunga asoslanib chatishtirishda qatnashgan ota-onaning biri gomozigota, ikkinchisi
geterozigota bo‘lishi kerak degan xulosaga kelish mumkin. Mazkur xulosani to‘g‘ri ekanligi birinchi
marotaba 1906-yili
L.Donkastyer
krijovnik
kapalagida
, 1907-yili esa
K. Korrens
qovoqdoshlar
oilasiga kiruvchi ikki uyli, bir uyli o‘simliklar
tarvuzpalak
hamda
Abu Jahil
tarvuzlarini
o‘zaro
chatishtirish natijasida olingan duragay o‘simliklarda kuzatdi.
Turli hayvon va o‘simlik turlarida erkak jinsiga mansub organizmlar miqdori:
Organizmlar
%
Organizmlar
%
Odamlar
52
Sichqon
50
Qoramollar
52
Tovuq
49
Qo’y
50
O’rdak
50
Cho’chqa
52
Kaptar
50
Ot
52
It
56
Keyinchalik har xil jinsli organizmlarning biri gomozigota, ikkinchisi geterozigota ekanligi
sitologik tadqiqotlarda ham o‘z tasdig‘ini topdi.
Aksariyat hayvon turlari va ayrim jinsli o‘simliklarda (nasha, ismaloq, suv otqulog‘i, elodeya)
jinsni ifodalovchi jinsiy xromosomalar bor. Sutemizuvchi hayvonlar, odamlar, suvda va
quruqlikda yashovchilar, baliqlarning esa ayrim turlarini urg‘ochilarida jinsiy xromosomalari XX,
erkaklarida esa XY, aksincha qushlarda, sudralib yuruvchilarda, ayrim suvda va quruqlikda
yashovchilarda, ba’zi o‘simlik turlarida, masalan,
yertutda
urg‘ochi organizm XY, erkak
organizmida XX bo’ladi. Jinsiy xromosomalar odatda organizmlarda bir juftni tashkil qiladi, qolgan
biridan farq qilmaydigan xromosomalarni