Toshkent arxitektura qurilish instituti “Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi




Download 363,53 Kb.
Sana20.05.2024
Hajmi363,53 Kb.
#246826
Bog'liq
Yorug‘lik difraksiyasi

Yorug‘lik difraksiyasi

REJA:

1. Yorug‘lik difraksiyasi.

2. Gyugens-Frenel prinsipi.

3. Frenel difraksiyasi haqida ma’lumot.

4. Golografiya haqida ma’lumot.

KIRISH:

To‘siqlarni to‘lqinlar aylanib o‘tish hodisasiga yorug‘lik difraksiyasi deyiladi. Optikada, bu hodisa yorug‘likning geometrik soya sohalariga og’ishini bildiradi.

Gyugens-Frenel prinsipi:

Gyuygens prinsipiga asosan, AB to‘lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi sferik to‘lqinlar manba’i deb qarash mumkin:

Gyugens-Frenel prinsipi:

Frenel esa, bu prinsipga, ikkilamchi to‘lqinlar o‘zaro ta’sirlashib interferensiya manzarasini hosil qilishi mumkin, degan fikrni qo‘shimcha qildi.

Gyugens-Frenel prinsipi:

Bu ikkilamchi to’lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranishni bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogerent to’lqinlar interferensiyalashishining natijasi deb qarash lozim, degan fikrni ilgari surdi.

Frenel difraksiyasi haqida ma’lumot :

1. Doiraviy tirqishda hosil bo’ladigan difraksiya:

Frenel difraksiyasi haqida ma’lumot :

2. Doiraviy diskdan hosil bo’ladigan difraksiya:

Difraksion panjara:

Difraksion panjara deganda, bir-biridan b uzoqlikda joylashgan a kenglikdagi tirqishlar to’plamidan iborat optik asbob tushuniladi.

Difraksion panjara:

Difraksion panjaraning ajrata olish qobilyati panjaradagi tirqishlarning umumiy soni N va spektrning tartib nomeri k ning ko’paytmasiga teng, ya’ni:

Golografiya haqida ma’lumot :

Golografiya (yunoncha to'la yozuv) — interferensiya manzarasi yordamida yozuvni va to'lqin maydonini qayta tiklashning maxsus usuli.

Bu usul interferensiya va difraksiya qonunlariga asoslangan. Jismlarning fazoviy tasvirini qayd qilishning va qayta tiklashning bu yangi usuli 1947- yilda ingliz fizigi D.Gabor (1900—1979) tomonidan kashf qilingan.

Bu kashfiyoti uchun D.Gabor 1971-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.

Golografiya haqida ma’lumot :

Golografiyaning asosiy g'oyasiga muvofiq, jism va tayanch to'lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti rasmga tushirib olinadi. So'ngra, fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan taqsimotlar yorug'lik difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, jism bo'lmasa ham, uni o'rganish imkoniyati vujudga keladi.

Golografiya haqida ma’lumot :

Gologramma deb, fotoplastinkada qayd

qilingan tayanch va jism to'lqinlari hosil

qilgan interferension manzaraga aytiladi.

buning qanday amalga oshirilishi

quyidagi rasmdagi sxemada ko'rsatilgan.

Golografiyaning qo'llanilishi:

Golografiya usulidan hozir juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Lekin ularning eng muhimi — ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya usuliga qaraganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko'p ma'lumotni yozishga imkon beradi. Masalan, o'lchamlari 32x32 mm bo'lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi 1 mm2 dan bo'lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana boshlamoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • 1. Jasprit Singh. “Modern Phyusics for Engineers” 2014.
  • 2. Robert G. Brown. “Introductory Physics I”. Duke University Physics Department Durham, 2013.
  • 3. Robert G. Brown. “Introductory Physics II”. Duke University Physics Department Durham, 2013.
  • 4. Marshal L. Burns. “Modern Physics” for science and engineering. Tuskegee University. USA. 2012.
  • 5. Savelev I.V. Umumiy fizika kursi, t. 1-3, M, Nauka 1989-92.

E’tiboringiz uchun katta raxmat!

E’tiboringiz uchun katta raxmat!


Download 363,53 Kb.




Download 363,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura qurilish instituti “Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi

Download 363,53 Kb.