45-rasm.
Odam kariotipi
(
o’ngda
-erkaklarniki,
chapda
-ayollarniki)
Har xil turlarga kiruvchi organizmlar hujayralarida xromosomalar shakli va o‘lchamlariga
ko‘ra bir-biridan farq qiladi: xromosomalarning ba’zilari uzun bo‘lsa, ba’zilari kaltaroq bo‘ladi.
Somatik hujayralarda xromosomalar soni jinsiy hujayralardagi xromosomalar soniga nisbatan ikki
marta ko‘p. Chunki ular miqdorining yarmi ona jinsiy hujayralaridan, yarmisi ota jinsiy hujayralaridan
o‘tgan.
Somatik
hujayradagi xromosomalar soni
diploid to‘plam
deyiladi va
2
n
bilan belgilanadi.
Jinsiy
hujayralardagi xromosomalarning soni
gaploid to‘plam
deyiladi va
n
bilan ifodalanadi.
Diploid to‘plamdagi morfologik jihatdan bir-biridan farq qilmaydigan juft xromosomalar
gomologik
xromosomalar
deb ataladi. Ular ota va ona organizmlarning gaploid sondagi xromosomalarning
qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Kariotipdagi xromosomalar miqdori o‘simlik va hayvonlarning
sistematik guruhlarda egallagan mavqei va o‘rni bilan bog‘liq emas. Shunga ko‘ra sistematikaning
quyi guruhlarida turgan organizmlarda xromosomalar soni ko’p va aksincha, yuqori tabaqalarda
turgan orga-nizmlar esa kam sonli xromosomaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,
sazan balig‘i
104
ta,
shimpanze
maymuni
48
ta xromosomalidir. Har bir turning somatik hujayra-laridagi
xromosomalarning katta kichikligi, shaklining grafik tasviri
idiogramma
nomini olgan.
5. Jinsni aniqlashda genlar balans nazariyasi
1922-yili amerikalik genetik
K.Bridjes
bir nechta triploid 3X+3A drozofila meva pashshalarini
aniqladi. Bu triploid pashshalar hayotchan bo’lib normal diploid XY+2A erkakpashshalar bilan
chatishganda jinsiy xromosomalari va autosomalari turli sonda va kombinatsiyada bo’lgan 8 xil
formalar hosil qildi: 1) 3X:3A, 2) 2X:2A, 3) [2X+Y]:2A, 4) 2X:3A, 5) [2X+Y]:3A, 6) XY:2A, 7)
3X:2A, 8) XY:3A. Bunga asosiy sabab triploid urg‘ochi pashsha gametogenezda xromosomalarni
normal tarqalishini buzilishi oqibatida turli xromosoma to‘plamli gametalar hosil bo’lishidir.
Olingan 8 xil pashshallarni to‘rtta guruhga ajratish mumkin:
1) Normal urg‘ochi va erkaklar,
2) Interseks (germofrodit) — oraliq formalar,
3) O‘ta erkak formalar (ular odatda bepusht bo’ladi),
4) O‘ta urg‘ochi formalar (bepusht).
K.Bridjes
drozofila meva pashshasida jins X va Y xromosomalarning mavjudligi bilan emas,
balki jinsiy xromosomalarning autosomalarga bo’lgan nisbati (X:A) bilan belgilanishini ta’kidladi.
Agar bu nisbat
1 ga
teng bo’lsa 3X:3A, 2X:2A, [2X+Y]:2A
normal urg‘ochi,
agar bu nisbat
0,5
teng
bo’lsa XY:2A
normal erkak
, agar nisbat
0,67
bo’lsa [2X+Y]:3A, 2X:3A
oraliq forma
intyerseks
, agar nisbat 1,5 teng bo’lsa 3X:2A
o’ta urg’ochi
, agar nisbat
0,33
ga teng bo’lsa
XY:3A
o‘ta erkak
organizmlar hosil bo’ladi.
Jinsiy xromosomalarning autosomalarga bo‘lgan nisbatini