|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 245/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaOperator -
opyerondagi DNK ning bir boiagi. Repressor oqsil bilan bog’lanib opyeronning
transkripsiyasini bo‘g‘adi.
Organogenez -
tanani asosiy organlarini shakllanishini ta’minlovchi embriogenez stadiyasi.
Oogoniy -
murtak hujayralardan orqali oosit hujayralarini hosil bo’lishi jarayoni.
Partenogenez —
urug’lanmagan tuxum hujayradan murtak rivojlanishi.
Paxinema —
meyoz bo‘linishning profaza 1 ni zigonema bosqichidan keyingi davr. Bu bosqichda
gomologik xromosomalar bir-biri bilan mahkam bog’langan bo’ladi va bivalentlar deb ataladi.
Penetrantlik –
dominant yoki retsessiv gen allelini gomozigota holatdagi ta’sirini namoyon bo‘lish
ehtimolligi.
Peptid bog‘ -
bir aminokislotaning guruhi bilan ikkinchi aminokislotaning karboksil guruhi o‘rtasida
bog‘ni hosil bo’lishi va bir molekula suv ajralishi.
Plazmogenlar —
ona organizm orqali irsiylanadigan (mitaxondriya, o’simliklarda plastida) genlari.
Plazmid -
xromosomadan tashqarida joylashgan o‘z-o‘zini replikatsiya qila oladigan nihoyatda kichik
halqali DNK molekulasi.
Pleyotropiya -
bir genning ikki va undan ortiq belgilarning fenotipda namoyyon bo’lishiga ko‘rsatgan
ta’siri.
Promotor —
opyeronning bosh tomonidagi RNK polimerazasi “taniydigan” nukleotidlar izchilligi,
oqsil transkripsiyasini boshlovchi qism.
Prototroflar -
minimal muhitda yashab undan organizm uchun zarur barcha organik moddallarni
sintezlay oladigan mikroorganizmlar.
Polimerazalar -
kichik molekulali birikmalardan polimyer birikmalarning hosil bo’lishini
ta’minlovchi fermentlar.
Polipeptid zanjir -
peptid bogii 10 dan ortiq aminokislotalardan iborat zanjir.
Poliploidiya -
uch va undan ortiq xromosoma to‘pllarniga ega hujayra, to‘qima, organizm.
|
| |